Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Sulsher va Gvardiola irqchilik qilgan muxlislar haqida nimalar dedi?

Sulsher va Gvardiola irqchilik qilgan muxlislar haqida nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha tongda Manchester shaxri qoq ikkiga bo‘lindi. Musobaqaning amaldagi chempionlari Sulsher boshchiligidagi yigitlarga kutilmaganda 1 : 2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida «Manchester Yunayted» futbolchisi Fredga nisbatan muxlislar tomonidan norozlik namoyish etildi. Oyindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, jurnalistlari ushbu mavuzda ikkita murabbiyning ham fikrlari bilan qiziqishdi.

Pep ayni damda «Manchester Siti» rahbarlari va polisiya o‘yin davomida irqchilik qilgan muxlislarni video dalil orqali aniqlashni boshlab yubordi. Sizning ushbu voqeyaga fikringiz qanday?

Men Jamoamni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Umid qilamanki, ular bu muammoni bartaraf etishadi va aybdorlar o‘z jazosini oladi. Bunday holat takrorlanmasligi uchun bu juda muhim qadam bo‘lib hizmat qilishi aniq. Polisiya yoki boshqa organlar kerakli qarorni qabul qilishi shart. Irqchilik bilan kurash olib borish shart. Afsuski, bunday ishlar bizning olamda tez-tez uchrab turibdi. Agarda, qattiqroq qarorlar qabul qilinmasa, bu holat takrorlanaveradi.

Ole Gunnar Sulsher

Hayri kech Ole! Biz bugun Fredga nisbatan bir necha bor yoqimsiz so‘zlarni eshitdik. Birinchi navbatda uning o‘zini his qilishi qanday? «Manchester Siti» muxlislari tomonidan irqchilik ruhidagi so‘zlariga qanday izho berasiz?



Fred burchak to‘pini amalga oshirayotganda unga juda xunuk ishoralar ko‘rsatildi va xatti buyumlarni uloqtirishdi. Bularning barchasi tasvirga olinga. Unga bo‘lgan bosimga qaramay, Fred hotirjamlikni saqlab qolgani tahsinga sazovar. Bunday «xurmacha» qiliqlar boshqa takrorlanmasligi lozim. Men ushbu voqeyani qayta ko‘rib chiqdim. Bu ishni oqlab bo‘lmaydi. Ishonamanki, «Manchester Siti» rahbariyati bu masalani hal etishga qodir. Afsuski, bu mavzuda deyarli har hafta so‘z yurityapmiz, lekin bunday holat kamaygani yo‘q. Biz esa, faqatgina muammoning oqibati bilan kurashyabmiz.

Bu sizning futbolchilaringizga ta’sir o‘tkazdimi?

Ha albatta, bu Jessi va Fredga yomon ta’sir o‘tkazdi. Ba’zan shunday insonlarga Rahim keladi. Bu hurmatsizlik ko‘rsatishdan ham yomonroq hislat deb hisoblayman.

Hozirda Angliya terma jamoasi muxlislarining irqchiligi tufayli yangi sanksiyalar qo‘llanishi havfi mavjud. Nima deb o‘ylaysiz, bugungi voqeya uchun «Manchester Siti»ni jazolash kerakmi?

Nima uchun biz «Siti» muxlislarini qiliqlari uchun klubni jazolashimiz kerak. Klubning bu yerda nima aybi bor? Bu muxlislarning tarbiyasizligi oqibatida yuzaga kelgan muammo. Butun boshli jamoaning bunga aloqasi yo‘q. Albatta, bu mening kamtarin shaxsiy fikrim. Shaxsan men bunday vaziyatda klubga qarshi chora ko‘rmagan bo‘lar edim.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 10:56, 08.12.2019.
O'qildi: 8802 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.