Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Qozog‘istonlik mehmonlar «Bunyodkor kubogi» haqida nima dedi?

Qozog‘istonlik mehmonlar «Bunyodkor kubogi» haqida nima dedi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ilk bor o‘tkazilgan «Bunyodkor kubogi» xalqaro musobaqasida qo‘shni Qozog‘istondan ham to‘rtta jamoa ishtirok etdi. Garchi mehmonlarimiz sovrindorlar qatoriga kira olmagan bo‘lsa-da, turli nominasiyalarda eng yaxshilardan bo‘lishdi. «Aristan-2» va «Mersa» jamoalari bosh murabbiylari turnir haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Beybet Kulubekov, «Aristan-2» jamoasi bosh murabbiyi: - Turnir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, xususan, klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevga. Yurtingizda ajoyib musobaqada qatnashdik. Sharoitlarga gap bo‘lishi mumkin emas. Qolaversa, shu besh kun davomida ob-havo ham futbol o‘ynash uchun mos bo‘ldi. Bolalar mazza qilib futbol o‘ynashdi. (kulib) O‘zimizni Antaliyada yig‘in o‘tkazgandek his qildik. Kecha Ulug‘bek akaning taklifiga ko‘ra, akademiyada mehmon bo‘ldik, sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. O‘zbekistonda bolalar futboli yanada o‘sishi, rivojlanishi tilakdoshiman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib boraversin. Qachon musobaqaga taklif qilsalaring, labbay, deb kelaveradigan taassurotda ortga qaytyapmiz.

Musobaqa davomida biz to‘qnash kelgan O‘zbekiston jamoalari kamida iliq taassurot qoldirdi. Aslida o‘zbek futboli doim kuchli bo‘lib kelgan. Bunga turnirda yana bir bor amin bo‘ldik. To‘g‘ri, biz musobaqada ko‘proq mag‘lub bo‘ldik. Buni o‘ziga xos sababli bor. Xususan, men boshqargan jamoa 2006 yilda tug‘ilgan bolalar iborat edi. Atayin Toshkentga bir yosh kichik tarkib bilan keldim. Bolalar tajriba ortishini istagandim. O‘ylaymanki, ko‘zlagan maqsadimga yetdim.

Ildar Bekirov, «Mersa» jamoasi bosh murabbiyi: - Musobaqa yuqori darajada tashkil qilinibdi. Maydonlardan tortib, hakamlaru va boshqa tashkilotchiliklarga qoyil qolish kerak. Bunday tashkilotchilikdan keyin yana bu musobaqaga kelging kelaveradi, nafaqat biz, balki boshqa jamoalar ham qatnashishni xohlaydi. 

Musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Barcha ishtirokchilar o‘ziga yarasha kuchli edi. Tabiiyki, kuchli raqiblarga qarshi bahslarda futbolchilarning tajribasi ham oshib boraveradi. Shaxsan men boshqarayotgan jamoaga bu musobaqa katta maktab vazifasini o‘tab berdi. Biz har uchrashuvdan keyin o‘yinning video tahlilini qildik. Kamchiliklarimiz ustida gaplashdik. Toshkentga natija uchun emas, o‘yin va tajriba uchun kelgandik. Jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchaydi, deb ayta olaman.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:19, 08.12.2019.
O'qildi: 2993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.