Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Rasmiy xabar! «Qo‘qon-1912» jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Rasmiy xabar! «Qo‘qon-1912» jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mavsum yakunlanganidan so‘ng biroz hordiq chiqarish uchun tanaffusga chiqqan “Qo‘qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Xabaringiz bor superliganing 2-davrasida “Qo‘qon-1912” jamoasiga vaqtincha bosh murabbiyi etib Aziz To‘xtaboyev tayinlangan edi. Aziz To‘xtaboyev o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab jamoamizni qiyin vaziyatdan olib chiqdi hamda “Qo‘qon-1912” jamoasini superligada o‘z o‘rnini saqlab qolishida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shuningdek jamomizning natijalariga o‘zining qimmatli maslahatlari hamda tajribasi bilan yordam bergan Timur Tohirovich Kapadzega ham jamoa rahbariyati nomidan minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorlanishni maqsad qilgan “Qo‘qon-1912” jamoasiga bugun yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa rahbariyati o‘zaro muzokaralardan so‘ng yana bir Qo‘qon farzandi, o‘zbek futbolining yaqin o‘tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri Baxtiyor A’zamovich Ashurmatovni “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.

Bugun jamoa ofisida “Qo‘qon-1912” klubi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov hamda Baxtiyor Ashurmatovlar o‘zaro shartnomaga imzo chekdilar.

Biz jamoamiz nomidan hamda Qo‘qonlik ishqibozlar nomidan Baxtiyor A’zamovichga yangi boshlagan ishlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. O‘tgan mavsumda Olmaliqning AGMK jamoasi bilan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” jamoasini ham yangi muvafaqiyatlar sari boshlay oladi. Bu yo‘lda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga tayyormiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:37, 09.12.2019.
O'qildi: 4643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.