Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Jizzax viloyatida bo‘lishdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Jizzax viloyatida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA mutaxassislar guruhi Jizzaxda bo‘lib, viloyat futbol akademiyasi, infratuzilma, bolalar va o‘smirlar futboli hamda ommaviy futbolga qaratilayotgan e’tibor bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha holatni faqatgina qog‘ozda yoki raqamlarda emas, balki bevosita joyiga borib o‘rganib chiqish hamda tegishli choralarni ko‘rishdan iborat.

Dastlab O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va mas’ul mutaxassislar viloyat futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u yerda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitni ko‘zdan kechirishdi.

Murabbiylar va mutaxassislar malakasini oshirish, futbolchilar salomatligi uchun zarur bo‘lgan oziqlanish hamda vitaminizasiya masalalarida akademiya rahbariyati tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng O‘FA vakillari Jizzax futbol assosiasiyasida ham bo‘lishdi va viloyat futbolining bugungi holatini o‘rganib chiqishdi.

Shu bilan bir qatorda Jizzax futboli ramziga aylangan “So‘g‘diyona” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik hozirdanoq boshlab yuborilgan “So‘g‘diyona” stadioni ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, futbolni rivojlantirish rejalarini muhokama qilish maqsadida Ravshan Ermatov Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliyev bilan uchrashdi va xududda futbolni yangi darajaga olib chiqish borasida fikr almashishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:07, 09.12.2019.
O'qildi: 2491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик