Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Antonio Konte: "Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q"

Antonio Konte: "Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte "Barselona" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"G‘alaba qozonishga imkoniyatimiz bo‘ldi, chunki, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.Futbolchilarimizga hech qanday e’tirozim yo‘q, ular bor kuchlari bilan harakat qilishdi.Bizga shunchaki gol yetishmadi. Gol urish o‘rniga uchrashuv oxirlarida gol o‘tkazib yubordik, bu esa bizni “o‘ldirdi”.

Ansu Fatining golini tomosha qilish og‘riqli bo‘ldi. Aynan shu gol bizni “o‘ldirdi”. Hisobda oldinga chiqib olish uchun raqibga bosim o‘tkazdik, vaziyatlar sodir etdik."San-Siro"ga yig‘ilgan muxlislar bizni uchrashuv boshida to oxirigacha ajoyib muhit yaratishib, bizni oldinga chorlashdi, afsuski ularni xursand eta olmadik.Barchasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi...

O‘ylaymanki, guruhda bundan ortig‘iga loyiq edik. Guruhdan chiqishni juda xohlagandik, shu bois juda g‘azabdaman. Biroq, men futbolchilarga boshni qaytadan ko‘tarish kerakligini uqtirdim", - dedi murabbiy.

Kiritildi: 10:41, 11.12.2019.
O'qildi: 2359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик