Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mourinyo : ““Tottenhem” doimo “Tottenhem” bo‘lib qoladi”

Mourinyo : ““Tottenhem” doimo “Tottenhem” bo‘lib qoladi”

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tilishi ko‘zda tutilgan YECHL doirasidagi “Bavariya” va “Tottenhem” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga bo‘lgan e’tibor katta. London klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘yin oldi o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

Joze o‘yin natijasidan qat’iy nazar sizlar ikkinchi o‘rinda qolasiz. Sizga bu o‘yin nimasi bilan muhim?

Biz uchun bu juda muhim o‘yin. Sababi, biz “Tottenhem” nomidan maydonga tushamiz. Bu biz doim o‘z darajamizni ko‘rsatishimiz shart degani. Maqsadlarimiz sari odimlashiz lozim degani. “Tottenhem” doimo “Tottenhem” bo‘lib qoladi. Bu biz uchun doimmo ma’suliyat yuklaydi. Shuning bilan birga bugungi uchrashuvdagi g‘alaba bizga guruhda birinchi o‘rin blan keying bosqichga chiqish imkonini bermaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz ikkinchi o‘rinni olib keying bosiqchga chiqqan jamoa bilan to‘p surishimizning iloji yo‘q. Boz ustiga, bugungi uchrashuvda mehmon sifatida ishtirok etamiz. Shunday ekan, bu o‘yin ko‘p narsani o‘zgartirmaydi. Bundan tashqari yetarlicha vaqt o‘tgani yo‘q. Men o‘z futbolchilarim bilan to‘liq tanishib olishga ulgurganim yo‘q demoqchiman. O‘ylashimcha bugungi uchrashuv o‘zimizni ko‘rsatishimiz uchun ajoyib imkon va futbolchilarim menga nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib berishlari mumkin. Ular mashg‘ulot va o‘yin jarayonida o‘zlarini ikki xil tutishadi. Men jamoa postida endigina 5 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsam, ko‘plab futbolchilar yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmadi. Uchrashuv oldidan men tomonidan berilgan barcha ko‘ratmalarni biriktirishga urunib ko‘ramiz. Biz “Tottenhem” ranglarini himoya qilishimiz shart, lekin shuning bilan birgalikda boshqa rejalarimiz haqida ham unutmasligimiz lozim. Ayniqsa APL haqida. Haqiqatdan ham biz uchun bu juda muhim chempionat. Unda nafaqat kuchli bosim, balki har bir uchrashuvda munosib raqiblar mavjud. O‘ylashimcha, bizda yangi yil bayramiga qadar juda tor taqvim kutib turibdi va sizlar buni sezib turibsizlar. Ba’zi futbolchilarga dam olish imkoniyatini yaratib berishimizning sababi tushunarli bo‘lsa kerak. O‘u bois biz jamoada bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchimiz. Shu bilan birgalikda o‘yin amaliyotisiz qolayotganlarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon yaratib bermoqchimiz.

Sizni “Bavariya” postida qachondir ko‘rishimiz mumkinmi?

Men o‘zimni “Bavariya” postida ko‘rmayotganimni oddiy sababi mavjud. Men hozir “Tottenhem”da baxtliman va boshqa ish joylari borasida bosh qotirgim kelmayapti. Qachondir klub rahbari, muxlislar yoki futbolchilardan biri mening ketishimni istab qolsagina ketishim mumkin. O‘z istagim bilan bu jamoadan ketmayman. Aynan shu sababli men o‘zimni “Bavariya” postida ko‘rishni istamayapman.

Ayni damda Robert Levandovskiyning o‘yinlariga qanday baho berasiz? Bu savolni berganimning sababi shundaki, klubning natijalari aynan Robertga to‘liq bog‘lanib qolgan

Istalgan jamoaning natijalari klubdagi yetakchi futbolchilarga bog‘liq. Albatta, jamoa qanchalar kuchi bo‘lsa, bu bog‘liqlik kamayadi, biroq bog‘liqlik doimmo saqlanib qolinadi. “Tottenhem” borasida ham shunday deyish mumkin. “Shporlar” ham Keynsiz umuman boshqa jamoaga aylanib qoladi. Levandovskiy ajoyib futbolchi va u ko‘p gol kiritadi. Darhaqiqat, “Bavariya”ning natijalari qaysidir ma’noda uning o‘yinlariga bog‘liq. Bugungi uchrashuvga keladigan bo‘lsak, men Keynni Angliyada qoldirdim. Levandovskiyni esa, maydonga tushishini tahmin qilyapman.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 16:24, 11.12.2019.
O'qildi: 3683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.