Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

YECHL. «Atalanta» amalladi va pley-offga chiqdi

YECHL. «Atalanta» amalladi va pley-offga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan "Atalanta" mo‘jiza tufayli keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bergamoliklar dastlabki 3ta turda mag‘lubiyatga uchrashgan edi. Qolgan 3ta o‘yinda qo‘lga kiritilgan 7 ochko "Atalanta"ni pley-offga olib chiqdi.

Italiyaliklarga qarshi o‘z uyidagi o‘yinda "Shaxtyor"ni durang natija ham qanoatlantirar edi. Uchrashuv davomida har ikkala jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratishdi, ammo ularni yakunlashda doneskliklarga mahorat yetishmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar tomonidan uyushtirilgan kombinasiya o‘z samarasini berdi va Kastan hisobni ochdi.

77-daqiqada "Shaxtyor" futbolchisi raqib yuziga ataylab urgani uchun maydondan chetlatildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa "Atalanta" hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Burchakdagi bayroq yaqinidan uzatib berilgan to‘p yo‘nalishini Pashalich oyog‘i bilan biroz o‘zgartirgani Pyatovni chalg‘itib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa himoyachining qo‘pol xatosidan keyin Gosens ukrainaliklar darvozasiga uchinchi to‘pni yo‘lladi.

Pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan «Manchester Siti» klubi so‘nggi turda Zagrebda "Dinamo" klubi mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gabriyel Jezus "xet-trik"ni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Atalanta» 7 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. "Shaxtyor" esa o‘z yurishini Yevropa ligasida davom ettiradi.

Yevropa chempionlar ligasi,
"C" guruhi, 6-tur
Shaxtyor Ukraina – Atalanta Italiya 0:3 (0:0)
Gollar: 0:1 – 66 Kastan, 0:2 – 80 Pashalich, 0:3 – 90 Gosens.
Shaxtyor – Pyatov, Dodo, Krivsov, Matviyenko, Ismaili, Tayson, Alan Patrik, Kovalenko (Solomon, 71), Stepanenko, Tete (Marlos, 59), Morayes.
Atalanta – Gollini, Gosens, Palomino, Masyello (Malinovskiy, 61), Kastan, Pashalich, de Ron, Gomes (Xatebur, 90), Froyler, Gimshiti, Muriel (Rojer, 71).
Ogohlantirishlar: Muriel (23), Alan Patrik (50), Dodo (63), Froyler (74), Xatebur (90).
Chetlatish: Dodo (77).

Dinamo Zagreb Xorvatiya – Manchester Siti Angliya 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 10 Olmo, 1:1 – 34 Gabriel Jezus, 1:2 – 50 Gabriel Jezus, 1:3 – 54 Gabriel Jezus, 1:4 – 84 Foden.
Dinamo Zagreb – Livakovich, Mubandje, Stoyanovich, Dilaver, Ademi, Moro, Goyak (Mayer, 81), Orshich (Xayrovich, 81), Olmo, Kondzer (Djira, 59), Petkovich.
Manchester Siti – Bravo, Mendi, Joau Kanselu, Erik Garsiya, Otamendi (Xarvud-Bellis, 82), Rodri Ernandes (Sterling, 73), Gyundogan, Bernardu Silva, Foden, Marez, Gabriel Jezus (Zinchenko, 66).
Ogohlantirish: Ademi (34).

JamoaO‘yin  G‘   D  Mag‘-tT - N Ochko
1 Manchester Siti 6 4 2 0 16-4 14
2 Atalanta 6 2 1 3 8-12 7
3 Shaxtyor 6 1 3 2 8-13 6
4 Dinamo Zagreb 6 1 2 3 10-13 5
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:49, 12.12.2019.
O'qildi: 4058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик