Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) 4-3 Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja 1-2 Nasaf
16/02 23:00 Ash-Shorta 3-2 Duhayl
16/02 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd - Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa - Traktor
17/02 21:00 As-Sadd - Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa - Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy - Yuventus
18/02 01:00 Benfika - Real Madrid
18/02 01:00 Monako - PSJ
18/02 01:00 Borussiya D - Atalanta

Og‘ir atletika: atletlarimizdan yana oltita medal, ulardan bittasi oltin

Og‘ir atletika: atletlarimizdan yana oltita medal, ulardan bittasi oltin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Xitoyning Tyanszin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning bugungi dasturi ham hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bugungi bahslar doirasida qizlar o‘rtasida -81 kg vaznli atletimiz Tursunoy Jabborova ham jamoamiz hisobiga uchta medal qo‘shib qo‘ydi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 100 kg, siltab ko‘tarishda 120 kg, ikkikurashda esa 220 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va har uchchala yo‘nalishda ham kumush medal sohibasiga aylandi.

Jahon kubogi doirasida erkaklar o‘rtasida -109 kg vaznli atletlar orasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa vakillarimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev uchkurash yakuniga ko‘ra bitta oltin hamda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 181 kg (kumush), siltab ko‘tarishda 219 kg (oltin) va umumiy hisobda 400 kg (kumush) natija qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi dasturda hamyurtlarimizdan Sarvarbek Zafarjonov (bitta kumush va ikkita bronza) hamda Muattar Nabiyeva (uchta bronza) ham sovrindorlar safidan joy olgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:01, 12.12.2019.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.