Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Kozak va Odil Ahmedov «Navbahor» mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi

Kozak va Odil Ahmedov «Navbahor» mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, 10 dekabrdan jamoamiz mahalliy futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagandi.

“Lochinlar” bugun ham “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydoni yonida joylashgan mini – futbol maydonchasida mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Tayyorgarlik jarayonini doimgidek, “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - A’zam Rajabboyev va Mustafo Bayramov olib borishdi.

E’tiborlisi, “lochinlar”ning bugungi mashg‘ulotida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar namanganlik vakili – Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov hamda “Paxtakor” himoyachisi Vladimir Kozak ishtirok etishdi.Ta’kidlash joizki, mazkur futbolchilar o‘z sport formalarini yo‘qotmaslik maqsadida, “Navbahor” a’zolari bilan birgalikda shug‘ullanishdi.

Shuningdek, namanganliklarning bugungi tayyorgarlik jarayonini yakuniga yetgan mavsumning 1-davrasida jamoamiz sharafini himoya qilgan, 2-davrada esa Samarqandning “Dinamo” klubida to‘p surgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov ham kuzatganligini ta’kidlash joiz.

Futbolchilarga mashg‘ulotlarda kuch-quvvat tilab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.       

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:50, 13.12.2019.
O'qildi: 7875 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.