Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Sizlarni sotmaslik kerak edi

Sizlarni sotmaslik kerak edi

Baho:
+ | -

Bir futbolchining boshqa bir jamoa safiga borib qo‘shilishi juda qiyin jarayon. Bu jarayon ikki klubdan birining zarariga ishlagan xolatlar ko‘p bor kuzatilganidan xabaringiz bor. Ba’zan futbolchini qo‘lga kiritgan klubning rejalari amalga oshmasa, ba’zan o‘z yetakchisni sotgan jamoalarning ishlari butkul yurishmay qolishi mumkin. Bugun o‘z yulduzlarini sotish ortidan katta zarar ko‘rgan jamoalar haqida so‘z boradi.

“Real Madrid” – Ronaldu

Bundan bir yarim yil muqaddam “qirollik klubi” Ronalduni 112 million yevro evaziga Turin super klubiga sotib yuborgani hech kimga sir emas. Uning ketishi muxlislarni xafa qilgan bo‘lsada, buning oqibati bu darajada ayanchli bo‘lishi ko‘pchilikning hayoliga ham kelmagan bo‘lsa, ajab emas. 33 yoshlik futbolchining ketishi “Real Madrid” uchun odatiy xolatdek qaralgan va uning o‘rinbosari sifatida Eden Azarga barcha ko‘z tika boshlaydi. O‘zining ilk mavsumidayoq butun Italiyaning mehrini qozongan Krish ichki musobaqalarning barchasida g‘olib chiqibgina qolmay, yilning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof etildi. YECHLdagi omadsizlikni inobatga olmasa, barchasi ko‘ngildagidek ketmoqda.

“Real Madrid” borasida bunday deb bo‘lmaydi. O‘tgan mavsumda yangi yetakchini aniqlab olmagan jamoa ichki birinchilikni “Barselona”ga boy berdi va YECHLdagi gegemoniyalik barham topdi. “Qaymoqranglilar”ning ushbu musobaqada 3 bor g‘olib chiqishi uchun ulkan hissa qo‘shgan Krishning ketishi jamoada ichki nizolarni ham keltirib chiqargani turgan gap. To‘g‘ri, Krishning natijalarida pasayish mavjud, biroq uning o‘rnini egallashi kutilgan Eden Azar muxlislar ishonchini qozonishidargumon.

Neymar

Neymarning PSJ safiga borib qo‘shilishi nafaqat eng katta transferga aylandi, balki 2017-yildagi eng muhim voqealardan biri sifatida tarixga kirdi. Bir necha oy davom etgan muzokarlar ijobiy yakunlandi va braziliyalik futbolchi Parijga ko‘chib o‘tdi. Qahramonimiz ushbu shahar jamoasi uchun YECHLd g‘olibligini, o‘zi uchunfaoliyatidagi ilk “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni reja qilgan edi. Messining soyasidan chiqish uchun tavakkalga yo‘lq qo‘ygan Neymar yangi jamoasining yetakchisiga aylanishni uddaladi. “Barselona” esa, uning transferidan tushgan pullarga Usman Dembele, Antuan Grizman singari futbolchilarni harid qilgan bo‘lsada, Neymarning o‘rnini to‘ldirishni uddalay olmadi. Qaysidir ma’noda YECHLdagi omadsizliklar ham Neymar PSJga yo‘l olgach boshlandi. To‘g‘ri, Katoloniya klubi ichki birinchilikda g‘oliblikni hech kimga bermayapti, biroq ushbu jamoa muxlislari uchun bu eng minimum natija hisoblanadi.

Keylor Navas

 

“Qaymoqranglilar”ning o‘yini bu mavsumda hech kimni hayratda qoldirmayapdi. Jamoa tarkibida tanqid qilinmagan futbolchining o‘zi qolmadi desak, adashamgan bo‘lamiz. Shunday bo‘lsada, tanqid borasida Tibo Kurtua ular ichida “etakchi”likni hech kimga bermay kelmoqda. “Chelsi”dagi o‘rnini tashlab Madridga tashrif buyurgan posbon 1 mavsum davomida asosiy tarkib uchun kurash olib bordi. Ushbu raqobatda yengib chiqmagan bo‘lsada, Zidan aynan uni birinchi raqamli darvozabon sifatida tanladi. Bu qarorga qo‘shilmagan Navas ko‘p o‘tmay PSJga o‘tib ketdi. Ayni damda Keylor juda ishonchli o‘yin namoyish etib kelmoqda. Kurtua esa, buning tamomila aksi. Yangi mavsumdagi klubning omadsiz startida belgiyalik darovozabonning tutgan o‘rni beqiyos.

Tiago Alkantara

“Barselona” akademiyasinin barcha yoshdagi jamoalarida to‘p surgan Tiago klub o‘yin falsafasini “suv qilib ichib yuborgan” desak, adashamgan bo‘lamiz. Maydonni o‘qiy olish borasida o‘z tengqurlaridan ilgarilab ketgan yarim himoyachi Xavining o‘rinbosari sifatida shakillanib borayotgan edi. Gvardiola “Bavariya”ni qo‘lga olgach, birinchi navbatda Tiagoni Myunhenga olib keldi va markazni unga topshirdi. Bu orada “Barselona”ni buyuk Inesta va Xavi tark etdi va markaz to‘liq bo‘shab qoldi. Bu yigitlarni o‘rnini to‘ldirish uchun sarflangan pullar haqida alohida maqola yozish mumkin.

Agarda, klub Alkantarani jamoada saqlab qolganida, maydon markazidagi muammolarning katta qismini ortiqcha muammosiz hal etgan bo‘lar edi.

Jerom Boateng

Ayni damda ushbu futbolchi “Manchester Siti” tarkibidagi eng qadrli insonlardan biriga aylangan bo‘lar edi.

“Shaharliklar”ning ayni damda himoyachilar borasidagi muammolarining tagi ko‘rinmayapti. Manchester shahri jamoasi 2011-yilda Boatengni “Bavariya”ga qo‘yib yubormaganida hozirbarchasi o‘zgacha ko‘rinish olgan bo‘larmidi?!

APLga ko‘nikishga ulgurmagan futbolchiga imkon ham bermagan jamoa ilk taklifning o‘zidayoq uni Myunhen jamoasiga sotib yuboradi. Boateng ketgach, “shaharliklar” har mavsumda juda qimmat himoyachilarni sotib olishda davom etishsada, muammo bartaraf etilganicha yo‘q. markazda va qanotda birdek foydali o‘yin ko‘rsatuvchi jismonan baquvvat himoyachi esa, nafaqat YECHL, balki jahon chempionatida ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz Manchesterni tark etayotganida atigi 22 yoshda edi. Agarda, klub himoyachi uchun imkon berganida, hozir vaziyat o‘zgacha ko‘rinish olarmidi?!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:00, 14.12.2019.
O'qildi: 10509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.