Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Hademay uzoq kutilgan qishki transferlar oynasi ochiladi. Grand jamoalar  bir oy davomida o‘z saflarini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirib olishni rejalashtirmoqda. Bugun e’tiboringizga qishda amalga oshishi kutilayotgan jiddiy transferlar borasidagi yangiliklarni taqdim etamiz.

Lautaro Martines

“Inter” jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislar tiliga tushgan hujumchining sovchilari tobora ko‘payib bormoqda. Ular orasidagi “Barselona”ni alohida qayd etib o‘tish lozim. Katoloniya klubi Luis Suaresning o‘rnini egallashi kutilayotgan hujumchi borasidagi ilk muzokarlarni o‘tkazishga ham ulgurdi. Ikki klub vakillaro o‘rtasida Milanda bo‘lib o‘tgan suhbat “Barselona” uchun omadsiz kechdi. “Ko‘k-qoralar” rahbarlari o‘z hujumchilari uchun 100 million atrofida pul ishlab olishni maqsad qilishganini e’lon qilishgani bois, Katoloniya klubi hujumchining transferidan voz kechgani borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, zamonaviy futbolda kuchli hujumchilarning narhi qay darajada o‘sib ketganini unutmaslik lozim. Eng muhimi Martinesning o‘zi Katoloniyaga ko‘chib o‘tishni istamoqda. Bundan tashqari, uning argentinalik ekanligini Messi bilan tezda chiqib ketishi uchun kafolat bo‘lishi turgan gap. “Sky Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Katoloniya klubi “Inter” hujumchisi borasida tez orada ikkinchi taklifni yuboradi va transfer summasini kamaytirish uchun Ivan Rakitichni ham qo‘shib berishni rejalashtirmoqda.

Killan Mbappe

“L’E Quipe” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, PSJ hujumchisi Killian Mbappe jamoa bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortmoqda. “Real Madrid” esa, hujumchi uchun yiliga 26 million yevro maosh ko‘rsatilgan 5 yillik shartnoma taklif etishga tayyorligini bildirgan. Nashr tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Killian o‘zining zahiraga olinayotganidan norozi va klubda Neymar singari imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamoqda. PSJ Mbappeni ushlab qolishi katta savol ostida turgani bois, uning o‘rnini bosuvchi boshqa futbolchi izlashga tushib ketgan…

Neymar

Taniqli “France Football” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda Parij jamoasi o‘z superyulduzini 180 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Jamoa rahbarlarining Neymardan ko‘ngli to‘lmayotgani uchun emas, uning o‘rnini boshqa futbolchi egallashini istashayotgani bunga sabab bo‘lmoqda. Taniqli manbaning ma’lumotlariga suyanadigan bo‘lsak, klub Neymarning transferidan tushgan pullar evaziga “Liverpul” hujumchisi Sadio Maneni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. To‘g‘ri, ayni damda bu transfer amalga oshishi juda mushkul. “Liverpul” ikkita frontda birdek ishonchli o‘yin namoyish etib kelmoqda va katta ehtimol bilan APL chempionligini qo‘lga kiritadi. O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan klub esa, natija berayotgan futbolchisini sotib yuborishga ishonish qiyin. Shunday bo‘lsada, bu futbol va arab sheyxlarinin katta pullari va fantastik shartnoma barchasini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas.

Kristian Erikson

Daniyalik futbolchi katta ehtimol bilan o‘z faoliyatini Parij klubida davom ettiradigan ko‘rinad. “Footmercato” nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, uning hizmatlari bilan shaxsan klub sport direktori Leanardo qiziqib qolgan.

Futbolchining o‘zi Parij klubida to‘p surishga qarshi emas. Parijliklar Erikson uchun yiliga 15 million yevro maosh belgilangan 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, Leanardo va Eriksonning agenti telefon orqali suhbatlashishgan va tez orada Parij shahrida muzokaralarga start beriladi. “Tottenhem” Kristianning shartnomasi tugashiga oz fursat qolgan bo‘lsada, 50 million yevordan kamiga ko‘nmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, fransuzlar yarim himoyachi uchun 35 million yevro taklif qilishmoqchi.

Vedat Muriki

Ayni damda Turkiya chempionatida “to‘polon” qilayotgan kosovalik futbolchi bilan shaxsan Joze Mourino qiziqib qoldi. 25 yoshlik hujumchining transferi “Tottenhem” uchun juda muhim. Portugaliyalik mutaxassis Murikini harid qilish orqali Harri Keyn uchun ko‘proq dam olish imkoniyatini yaratib bermoqchi. Turkiya chempionatining 13 ta turida maydonga tushgan Vedat 9 gol kiritibgina qolmay, o‘z hisobiga 3 ta assistni ham qo‘shib qo‘yishga ulgurdi. Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchining transferi “Tottenhem” uchun 18 million yevroga tushadi. “Shporlar” skautlari Murikining o‘yinini stadiondan kuzatishga ulgurishganiga qaraganda, transfer qishda amalga oshadigan ko‘rinadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:28, 14.12.2019.
O'qildi: 13665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.