Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

APL. «Manchester Siti» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi

APL. «Manchester Siti» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+-1 | -

Angliya chempionatining 17-turi doirasida "Arsenal" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, qaqshatqich zarbani qabul qilib oldi.

Uchrashuv shiddatli tarzda boshlandi. O‘yinning 30 soniyasidayoq mezbonlar hisobni ochishlari kerak edi. Martinelli oldinga o‘tdi, ikki himoyachidan qochib ketdi va jarima maydoniga kirib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgancha zarba berdi. Ederson esa zarbani qaytardi. Oradan 1 daqiqa o‘tib esa Kevin de Bryuyne o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. Jezus chap qanotdan jarima maydoni kirib, orqaroqqa uzatma berdi, belgiyalik futbolchi esa penalti nuqtasi atrofidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi — 0:1.

Bahsning 15-daqiqasiga kelib farq ikkitaga oshdi. Kevin de Bryuyne raqibning 3 himoyachisi ta’qibi ostida bo‘layotganiga qaramay chap tomondan jarima maydoniga kirdi va narigi tomonda ochiq turgan Rahimga aniq uzatma berdi. Sterling osonlik bilan darvozani zabt etdi — 0:2.

"Arsenal" bo‘lim davomida hujumkor o‘yin namoyish qildi, ammo uchinchi golni Gvardiola shogirdlari urishdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Kevin de Bryuyne jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i ustidan aniq zarba berib, darvoza burchagini ishg‘ol qildi — 0:3.

Oradan 2 daqiqa o‘tib Kevin de Bryuyne xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi!Belgiyalik futbolchining jarima maydoni tashqarisidan zarba berganidan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘liga biroz tegdi hamda ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik asosan mehmonlar tomonida bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda ular "Arsenal"ni ayadi va hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Manchester Siti" o‘z ochkolarini 35taga yetkazdi va endi 2-pog‘onadagi "Lester"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Liverpul" esa "shaharliklar"dan 14 ochko oldinda ketmoqda...

Angliya premyer-ligasi, 17-tur
"ARSENAL" - "MANCHESTER SITI" - 0:3 (0:3)
Gollar: 0:1 – 2 de Bryuyne, 0:2 – 15 Sterling, 0:3 – 40 de Bryuyne.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Kolashinas (Saka, 40), Chembers, Meytlend-Naylz, O‘zil (Smit-Rou, 59), Genduzi, Pepe, Torreyra (Uillok, 81), Martinelli, Obameyang.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Mendi (Zinchenko, 85), Uoker, Fernandinyo, Gyundogan (Mahrez, 70), Foden (Bernardu Silva, 56), de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Fernandinyo (17), Rodri Ernandes (35), Gyundogan (61), Mendi (62), Papastatopulos (72).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:21, 15.12.2019.
O'qildi: 9693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик