Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Krishtianu Ronaldu nega dimog‘dor?

Krishtianu Ronaldu nega dimog‘dor?

Baho:
+3 | -1

Matbuotda bu futbolchi haqida juda ko‘p negativ fikrlarni yozishadi. Ronaldu deganda ko‘z oldimizga hatto dimog‘dor shaxs obrazi gavdalanadigan bo‘lib qolgan. Ammo bu tanganing ikkinchi tomoni. Tanganing birinchi tomonida esa juda ko‘p haqiqatlar yashirin.

Ronaldu onasining nigohlarida “Sen tug‘ilmasliging kerak edi, negayam dunyoga kelding?” degan ta’nani ko‘rib katta bo‘lgan. Ronaldu dastlab murabbiylik bilan shug‘ullangan esa-da, keyinroq ichkilikka ruju qo‘ygan otasining xurmacha qiliqlaridan bezib katta bo‘lgan. Doloresh Aveyru o‘g‘lini oldirib tashlamoqchi bo‘lganligini bilasiz. Ammo Ronalduning peshonasiga tug‘ilish yozilgan edi va buni hech kim o‘zgartira olmasdi, chunki Yaratganning xohishi shu edi.

Har yerda Krishtianunin taqchillik ta’qib qildi: goh moddiy, goh ma’naviy taqchillik. Oilada pul yetishmovchiligi, mehr haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Keyinroq futbol akademiyasida ham shu holat: Ronaldu u yerda ham to‘yib ovqatlana olmas va ko‘ngildagidek kiyina olmas, shuningdek, jamoaloshlaridan chetroq yurardi. Ronalduga qayishgan birgina do‘sti haqida eshitgansiz, ikkita bolakaydan biri akademiyaga ketishi kerak bo‘lganida do‘sti Ronalduning ketishini xohlagan va hatto unga moddiy ko‘mak ham bergan. Bu haqda o‘sha do‘sti shunday deydi: “Ronaldu mendan iqtidorliroq edi, shuning uchun ham uning ketishini istadim”.

Xullas, portugaliyalik o‘g‘lonni suyagan, unga chinakam do‘stlik qo‘lini cho‘zganlar kam bo‘lgan, juda-juda kam... “Sporting” akademiyasida juda odamovi bo‘lgani, faqat iqtidori tufayligina boshqalar unga e’tibor qaratgan.

Hamma narsa birgina Ronalduga bog‘liq edi: onasini qashshoqlik va muhtojlik azobidan qutqarish, otasini ichkilik va ilojsizlik domidan olib chiqish, qiyinchilikning alamini giyohvand moddalardan olishga kirishgan akasining xaloskoriga aylanish, yo‘lini topolmayotgan opasiga najot bo‘lish va hokazo... “Sporting” akademiyasiga kirgan bolakayning zimmasida shunchalik yuk ko‘p ediki, uncha-buncha odamni bu yuk sindirib qo‘yishi hech gap emasdi. O‘sha paytda hamma yosh yigitchaga umid qilgan, agar u “Qo‘limdan kelmaydi”, desayam hech kim bor aybni unga yuklamasdi. Ammo Ronaldu juda erta ulg‘aydi va bosimdan qochmadi. Katta bir oilaning bor yukini bo‘yniga olgan yigitcha barini uddaladi.

Men Ronalduning qiyofasida kibrdan ko‘ra ko‘proq o‘zidan mamnunlikni ko‘raman. “Men qiyin vazifani bajara olgan, oilasini jarlikdan olib chiqqanman”, deganga o‘xshash mamnuniyat.

Ronaldu dimog‘dor, buni inkor etmayman. Ammo u unga nisbatan negativ fikrlaydiganlarga, uni noxolis tanqid qiladiganlarga, uni mensimaydiganlarga, uni yoqtirmaydiganlarga nisbatan dimog‘dor. Krishtianuni kibrli bo‘lishda ayblaydiganlarga savol: kimdir yoningizga kelib, sen shunaqa-shunaqasan deya yomonlasa, yerga ursa, yoki qayerdadir kimgadir siz haqingizda negativ fikrlar aytsa, qanday munosabat bildirasiz? Har ko‘rganingizda “Sen kimsanki men haqimda gapirasan?” degandek nigoh tashlaysiz, gaplari uchun isbot talab qilasiz, uni umuman mensimasligingizni ko‘rsatishga urinasiz. Men Ronaldudagi kibrni, dimog‘ni shunaqa tushunaman.

Ronaldu — xayriya ishlarida faol futbolchi. Ronaldu — donorlik tufayli, bemorlarga qon berishni istagani tufayli badaniga birorta ham tatuirovka chizdirmagan futbolchi. Ronaldu — fikrlarida ko‘pincha Allohni eslaydigan, unga shukrona aytadigan futbolchi. Ronaldu muhtojlardan yordamini ayamaydigan futbolchi. Shu bois u biz boshqalarni mensimaydigan, boyligiga ishonib, hammadan o‘zini yuqori qo‘yadigan kibrlilar kabi emas.

Men Ronalduning muxlisimanmi? U “MYU” va “Real”da o‘ynagan Ronalduga muxlislik qilganman. Bugun esa yo‘q. Aytmoqchimanki, yuqoridagi fikrlar Krishtianu shaxsiga nisbatan mutlaqo xolis fikrlar.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:20, 16.12.2019.
O'qildi: 16493 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.