Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Buxoro viloyatida bo‘lishdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Buxoro viloyatida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabr kuni imzolangan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib bormoqda.

Jumladan, O‘FA mutaxassislari viloyatlarga tashrif buyurib, bolalar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan e’tibor, mavjud shart-sharoit hamda infratuzilmani yaqindan o‘rganmoqda.

Bugun O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘FA mutaxassislari guruhi Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Dastlab mas’ul mutaxassislar viloyat futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u yerda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitni ko‘zdan kechirishdi. Murabbiylar va mutaxassislar malakasini oshirish, yosh futbolchilar salomatligi uchun zarur bo‘lgan oziqlanish hamda vitaminizasiya masalalarida akademiya rahbariyati tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng O‘FA vakillari Buxoro viloyati futbol assosiasiyasida ham bo‘lishdi va viloyat futbolining bugungi holati va yaqin kelajak rejalari muhokama etildi.

Qolaversa, bolalar-o‘smirlar futbol maktabiga tashrif buyurib, uning ish-faoliyati, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, OFK va O‘FA tomonidan hamkorlikda barpo etilayotgan sun’iy qoplamali maydonning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Buxoro shahrida joylashgan ko‘rkam “Humo” sport majmuasida esa futbol festivali tashkil etildi. Bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan futbol to‘garaklari ishini yaxshilashga qaratilgan mazkur futbol festivalida viloyatning 20 ta maktabidan 200 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi va ularga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan futbol to‘plari, sport liboslari va jihozlari taqdim etildi.

- Davlatimiz rahbari bizga futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish borasida juda yuqori talab qo‘ymoqdalar. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida futbol ommaviyligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shu maqsadda yoshlarning futbol bilan muntazam shug‘ullanishiga erishishga yo‘naltirilgan futbol festivallari tashkil etilmoqda. Yurtimizdagi deyarli barcha xonadonlarga “millionlar o‘yini” kirib borgan, har bir oilada futbolga mehr qo‘ygan kishilar bor, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, O‘zbekistonda futbolni sevmaydigan bola bo‘lmasa kerak. Bizning asosiy vazifamiz – futbol bilan shug‘ullanishni istaydigan bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hisoblanadi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu borada barcha imkoniyatlarini ishga soladi, - deya ta’kidlab o‘tdi O‘FA Birinchi vise-prezidenti festival qatnashchilari bilan suhbatda.

Festivalda ishtirok etgan o‘quvchilar ham o‘z navbatida yangi tashkil etiladigan “Maktablar ligasi”da o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasi sharafini munosib himoya qilishga harakat qilishlarini ta’kidlashdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:42, 17.12.2019.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.