Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

"Barselona" "Bernabeu"da kuchliroq, "Kamp Nou"da esa qiynaladimi?

"Barselona" "Bernabeu"da kuchliroq, "Kamp Nou"da esa qiynaladimi?

Baho:
+1 | -

Muxlislar olqishi. Mezbonlik hissi. O‘z uyida xo‘jayin ekanligini isbotlashga intilish. Bu aksar mezbon jamoalarda kuzatiladigan holat. Messining fikricha, «Real»da ham bu jihat bor.

Argentinalik futbolchi haq. Negaki «qaymoqranglilar»ni «Santyago Bernabeu»da yengish juda qiyin masala. Axir qarshingda yuz mingga yaqin muxlislar seni olqishlab tursa, tag‘in sen «Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri» deya nomlangan klubda o‘ynasang, jon-jahding bilan harakat qilasan. «Real» o‘z uyida istalgan raqibni keragidan ortiq darajada muammolarga duchor qila oladi.

«Barselona» yetakchisi Lionel Messining fikricha, «Barselona»ga qarshi o‘yinlarda ana shu jihat «Real»ning zarariga ishlarkan. Kataloniya klubi yetakchisi buni shunday izohladi: "Bernabeu" da o‘ynasak, biz ko‘proq erkin hududlarga ega bo‘lamiz. «Real» ko‘proq hujum qiladi, chunki ular mezbon va doim oldinga intilishadi, ustunlikka erishishga harakat qilishadi. Bu esa qarshi hujumlarda bizga ochiq hududlar yaratib beradi, yoki raqib xato qilganida ham bo‘sh zonalar ko‘p bo‘ladi». Mantiqan to‘g‘ri. Aksariyat hollarda qarshi hujumda raqibni ochiq zonalarda ushlaydigan «Real»ning o‘zida ham shu kamchilik seziladi ba’zan. Umuman, katta kuch bilan hujumga tashlangan jamoa raqib kutilmaganda qarshi hujumga o‘tganida ochiq hududlarni yopishga ulgurmay qoladi. Xususan, «Real» ham. Ehtimol, shuning uchun aynan Messi «Real» maydonida ko‘plab gollar urishni uddalagan.

Ertaga «Real» raqib maydonida o‘ynaydi. Messi bu haqda ham fikrini aytdi. «Real» «Kamp Nou»da boshqacha o‘ynaydi. Pressingni kuchaytiradi, ehtiyotkorlikni oshiradi, ko‘proq qarshi hujumlarda hujumchilarining tezligiga tayanib harakat qiladi. Bu esa «Barselona» uchun qiyinchilik tug‘diradi. Biz o‘z uyimizda o‘ynaganga qaraganda mehmonda o‘ynasak, «Real»ni mag‘lub etishimiz osonroq bo‘ladi. Chunki mehmonda 90 daqiqa ochiq o‘yin bo‘ladi, uyimizda esa yopiq va qiyin o‘yin o‘tkazamiz», dedi Messi.

Ko‘ramiz, ertangi o‘yinda qanday ssenariy guvohiga aylanar ekanmiz? Shunisi aniqki, tarkib va jamoalarning holatidan qat’i nazar, «el-klasiko», baribir, «el-klasiko».

Nizomjon ISLOMOV

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 16:47, 17.12.2019.
O'qildi: 8676 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик