Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Toshkentda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo‘yicha ilk FIFA kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo‘yicha ilk FIFA kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Shu maqsadda dastlab noyabr oyida Toshkentda VAR tizimini yo‘lga qo‘yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. FIFA va IFAB mutaxassislari mazkur zamonaviy tizimni yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish lozim bo‘ladigan jihatlar bo‘yicha zarur ko‘nikmalar taqdim etishdi.

Keyinroq esa O‘zbekiston Liga kubogi-2019 final uchrashuvida O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi offlayn tartibda sinovdan o‘tkazildi. Bunda Belgiyaning EVS kompaniyasi mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, VAR tizimini o‘rnatishda va sinovdan o‘tkazishda yaqindan ko‘mak berishdi.

Qayd etish joiz, FIFA va IFAB tavsiyalariga muvofiq VAR tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 9 oydan 12 oygacha vaqt talab etiladi va bu bir necha bosqichda amalga tatbiq etiladi. Ya’ni, dastlab bu borada yetarlicha tajribaga ega VAR provayderi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, ushbu tizim bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislar, videoperatorlar tayyorlanadi, stadionlar VAR tizimidan foydalanish uchun moslashtiriladi, VAR bo‘yicha ishlovchi hakamlar malakasi oshiriladi. Shundan keyingina VAR tizimidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ushbu yo‘nalishda tizimli tarzda ish olib bormoqda. Jumladan, kecha poytaxtimizda Video yordamchi hakamlar tayyorlash bo‘yicha ilk FIFA kurslari boshlandi. Mazkur kurs FIFA Forward dasturi doirasida o‘tkazilmoqda.

60 nafar hakam hamda yordamchilar VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha tashkil etilayotgan ushbu kurslarda ishtirok etishmoqda. Mazkur kurslarga FIFA tomonidan yo‘riqchi sifatida Farhod Abdullayev tayinlandi.

Hakamlar VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha ham amaliy, ham nazariy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. Jumladan, VAR qaydnomasini to‘ldirish, VAR simulyatorlarida ishlash, bahsli vaziyatlarni ko‘rib chiqish va to‘g‘ri qaror chiqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash joiz, ushbu seminar 20 dekabrga qadar davom etadi. Rejaga ko‘ra, Video yordamchi hakamlarni tayyorlash bo‘yicha davomli tarzda tashkil etilishi belgilangan bunday FIFA kurslari 2020 yilda ham o‘tkaziladi. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:23, 18.12.2019.
O'qildi: 2395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.