Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

YECHL qur’asiga futbolchi va murabbiylar qanday reaksiya bildirdi

YECHL qur’asiga futbolchi va murabbiylar qanday reaksiya bildirdi

Baho:
+ | -

Ayni damda YECHLdagi juftliklarning imkoniyatlari haqida o‘z shaxsiy fikrimizdan kelib chiqqan xolda kichik maqolani e’lon qilganimizdan xabaringiz bor. Bugun ushbu qur’adagi juftliklar tomonidan raqiblari haqida bildirilgan fikr va mulohazlarni bir joyga jamlagancha e’tiboringizga havola etamiz.

“Yuvnetus” jamoasi sport direktori Pavel Nedvedning aytishiga qaraganda, qur’a klub uchun omadli keldi:

Biz o‘tgan mavsumda “Atletiko Madrid”ga to‘qnash kelganimizni inobatga olsak, bu qur’adan xafa bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Agarda YCHLning fevral va mart oylariga yahsh sport formada yetib bormasangiz, nimanidir namoyish etishning iloji yo‘q. Ayni damda bizning “Lion”dan kuchliroq ekanligimiz haqida barcha so‘zlamoqda, biroq barchasi fevral va mart oylarida hal bo‘ladi. Bu so‘zlarning esa hech narsani anglatmaydi.

Bu juftlikdan farqli o‘laroq, “Borussiya Dortmund” va PSJ to‘qshavuvi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dortmundliklar sardori Marko Roysning fikricha bu juftlikda aynan ular fovorit emush:

Futbolchilar va muxlislar uchun ajoyib to‘qnashuv. Bizning vazifamiz keying bosqichga chiqish.

Dortmundliklar ustozi Lusiyen Favrning fikrlari ham Roysnikidan qolishmaydi:

Bu bosqichga faqat kuchlilargina yetib kelgan. Hozirda PSJga qarshi bahs haqida bosh qitirishning keragi yo‘q deb hisoblayman. Barchasining o‘z vaqt-soati mavjud. Ayni damda bor e’tiborimizni Bundesligaga qaratmoqchimiz. Yetakchilikni ortga qaytarib olish orqali play-off o‘yinlariga qadar yahshi sport formasini ushlab turish juda muhim. Barcha menga PSJning yulduzlari haqida so‘zlamoqda. Ularni tanimaydingan muxlis bo‘lmasa kerak. Neymar, Mbappe… Yana qaytarib o‘taman, bizda fevralda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga qadar tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli. Men jamoam bilan birga faoliyat olib borayotganimdan baxtliman.

“Barselona”ning doimmo g‘amgin ustozi Ernesto Valverdening fikricha “Napoli”ga qarshi uchrashuvlar katta tajriba maktabini o‘tab berar ekan:

Biz kuchli va qiyin raqibga qarshi maydonga tushamiz. Boz ustiga ular o‘z uyida yanadan havfliroq ko‘rinish kasb etishni uddalaydigan jamoani shakillantirishgan. Bu uchrashuvga jamoalarning qanday sport formasida yetib kelishlarini tahmin qilish juda qiyin.

Ularda Mertens va Insinia singari ajoyib hujumchilar mavjud. “Napoli” ular yordamida sifatli futbol namoyish etib kelmoqda. Menimcha Italiya klublariga qarshi uchrashuvlar futbolchilar uchun katta tajrina maktabi vazifasini o‘tab beradi.

“Napoli” ustozi Gattuzoning fikricha, “Napoli” “Barselona”dan sira cho‘chimayapti:

“Barsa” buyuk jamoa. Bu biz uchun chinakam sinov vazifasini o‘tab beirishiga ishonchim komil. Oldinda ikkita fantastico‘yin bizn kutib turibdi.SHunga qaramay, bu o‘yinlarga hech qanday qo‘rquvsiz yondoshamiz.

Frenk Lempard ham chetda qolishni istamadi:

Bu juda ayovsiz va yahshi qur’a bo‘ldi desam, adashmagan bo‘laman. Biz YCHL guruh bosqichidan o‘tgach, albatta kuchli raqiblarga to‘qnash kelishimizni yahshi bilar edik. Mana eng kuchlilardan biri bizning chekimizga tushdi. To‘g‘ri, biz avvalari ko‘p bor bu klubga qarshi to‘qnash kelganmiz, biroq o‘sha uchrashuvlarning barchasi tarixda qoldi. Yangi chaqiruvlarga tayyormiz!

“RB Leypsig» murabbiyiga havas qilib bo‘lmaydi. U o‘tgan avlodning eng kuchli murabbiylaridan biriga qarshi taktik kurashga kirishishi darkor. Yulian Nagelsmanning fikrlari bilan tanishing:

“Shporlar” ajoyib raqib va bizni oldida chinakam to‘qnashuv kutib turibdi. Bu Yevropaning fantastik shahridan tashrif buyuradigan fantasticraqib. Ular safida dunyo darajasidagi bir nechta yulduzlar to‘p suribgina qolmay, bir nechta katta uchrashuvlarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lishgani tahsinga sazovar. Albatta, oson bo‘lmasligi aniq, lekin “Tottenhem”ga qarshi uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Ayniqsa, raqib bizning stadionga kelishinni intizorlik bilan kutyapmiz.

“Shporlar” murabbiyi Mourinyo esa, qur’adan mamnun. Albatta, bu bosqichda ular “Barselona”, “Yuventus”, PSJ singari kuchli klublarga to‘qnash kelishlari mumkin edi, biroq ularga biroz tajribasizroq “RB Leypsik» to‘qnash keldi:

Agarda, ularga boshqa raqib to‘gri kelganida, omad kelgan bo‘lar edi. Menimcha “Rb Leypsig” jamoasi Londonda mehmon bo‘lishlaridan xursand bo‘lishmoqda. Shu yo‘sinda raqiblarimiz biz haqimizda yanada yahshiroq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Ayni damda bizda sifatli tarkib mavjudligidan xursandman.

Yurgen Klopp bashoratchilikda o‘zini sinab ko‘rishi mumkin:

Aslida qur’a oldidan bizga Madrid jamoalaridan biri to‘qnash kelishini tahmin qilgan edim. Shunday ham bo‘lib chiqdi. Bu shahar borasida bizda shirin xotiralar mavjud. Boz ustiga, biz endilikda “Atletiko”ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushamiz. Qiyin uchrashuvlar bo‘lishi aniq. Albatta, janob simione qur’a ularga “Liverpul”ni taqdim etgani uchun xonada quvonganidan yugurib ketmagani aniq. Bu jamoa stadionida mening hayotimdagi eng quvonchli o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tgan. Shunday bo‘lsada, bu safar bu stadionda bor kuchimizni tashlab ketishimiz shart. Keyinchalik “Atletiko” “Enfild”ga tashrif buyuradi. Yana bir ajoyib stadion!

Diyego Simione

Albatta, qur’adan ko‘nglim to‘ldi deyishga erta. Nima bo‘lgan taqdirda ham Yevropa chempionlariga muammolar tug‘dirishga harakat qilamiz. Bir necha oydan so‘ng, kim qanday formada bo‘lishini tahmin qilish qiyin. Shunday ekan, bor e’tiborimizni “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarga qaratamiz. Bu futbol unda hech kim mag‘lubiyatdan sug‘urtalanmangan. “Liverpul” jamosi ham shular jumlasidandir!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:04, 19.12.2019.
O'qildi: 9404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.