Ayni damda futbol deganda, Ronaldu va Messi barchaning ko‘z oldiga keladigan davrni boshdan kechirmoqdamiz. To‘g‘ri, hozirgi avlod bu ikki yigitdan tashqari Pele, Maradona, Zidan singari mega yulduzlar haqida ham yahshigina tushunchaga ega, biroq 90-yillarda porlagan yulduzlar haqida negadir tobora unutib boryapmiz. Bugun o‘sha loyli maydonlarda ham chinakam shedevr o‘yinlarni o‘tkazgan va futbolni hozirgi avlod super yulduzlariga qo‘llari bilan topshirgancha o‘zlari biroz unut bo‘lgan 2 ta afsoviy futbolchining hayot yo‘lini xotirlaymiz.
Xristo Stoichkov
“Barselona” jamoasi tarixidagi eng kuchli legionerlardan biri va Bolgariya futbolining tirik afsonasi Stoichkov haqida oxirgi marotaba qachon esladingiz?
Bolgariyaning odatiy qishloqlaridan birida tug‘ilgan bolakayning yoshligida 3 ta orzusi bor edi. Sofiyaning SSKA jamoasida to‘p surish, terma jamoa sharafini himoya qilish va eng muhimi o‘z kumiri Yohan Kroyfning “Barselona”si libosini kiyish. Qizig‘I shundaki, Stoichkov o‘sha paytlari “oltin butsa” va “oltin to‘p” haqida orzu ham qilmaganiga qaramay, ushbu sovrinlarga haqli tarzda ega chiqqani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgani aniq.
Xristo uchun futbol olamidagi ilk qadamlar juda omadsiz keladi. 19 yoshida “armiyachilar” safida 1985-yildagi mamlakat kubogi finalida olgan qizil kartochkasini jamoa rahabrlari kechirishni istmaydi va uni xarbiy hizmatga jo‘natib yuborishadi. Keyinchalik futbolchini butun umrga to‘p tepish huquqidan mahrum qilishgan bo‘lsada, bir yil o‘tib bu qaror bekor qilinadi. Ikki yil o‘tib uning ikkinchi orzusi ham amalga oshdi va u terma jamoadan chaqiruv oldi. 1989-yilga kelib ushalmasdek ko‘ringan orzu uning oldidan chiqib qoldi. O‘sha yili u to‘p surayotgan Sofiyaning SSKA jamoasi “kubog egalari kubogi” musobaqasida “Barselona”ni bilan to‘qnash keldi. Bolgariya autbolining tirik afsonasi hayot yo‘lini tubdan o‘zgartirib yuuborgan uchrashuvda "Barselona" darvozasini 3 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ladi va shahsan Yohan Kroyfning e’tiborini tortdi. O‘sha yili Yevropaning eng yahshi to‘purari uchun beriladigan “oltin butsa”ni qo‘lga kiritgach, 3-orzusini amalga oshirish uchun Katoloniyaga uchib ketadi.
“Barsa” tarkibida 6 yil to‘p surgan bolgariyalik hujumchi 114 ta gol va 200 yuzdan ortiqroq assistlar egasi bo‘libgina qolmay, klub falsafasini to‘liq o‘zlashtirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Maydonda o‘zini rassomlardek erkin tutuvchi chapaqay hujumchidan Kroyf unumli foydalanar, faqat Stoichkovning qiziqqonligi sira ortda qolmas edi. Katoloniyadagi faoliyati davomida bir necha bor qizil kartocha bilan siylanganiga qaramay, qahramonimi qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqanini unutmaslik lozim.
1994-yilda bo‘lib o‘tgan JCH Xristoni futbol tarixida abadiy qolishini ta’minlab berdi. Bolgariya terma jamoasi bilan musobaqaning yarim finaliga qadar yetib kelgan qahramonimiz shu qadar chiroyli tehnika namoyish etdiki, Badjo va Ramario bir chetda qolib “oltin to‘p” aynan unga topshirildi. O‘sha musobaqada Braziliya g‘olib chiqqan bo‘lsada, mundial Stoichkovga katta mashxurlik olib kirdi. Keyinchalik katta maosh evaziga turli klublarda to‘p surgan qahramonimiz o‘z faoliyatini MLSda yakunladi. Ko‘p o‘tmay murabbiylikka qo‘l urgan qahramonimiz aytarli hech qanday yutuqqa erisha olmadi. Barcha yahshi futbolchilardan yahshi murabbiy chiqmasligin anglagach, Hindiston chempionatidagi jamoasi bilan shartnomani bekor qildi va ortga Bolgariyaga qaytib ketdi.
Yari Litmanen
Finlandiya futbolini yangi darajaga olib chiqqan Litmanen skandinaviyanin eng sovuq shaharlaridan biri Lahtinda dunyoga keladi. U bir vaqtning o‘zida futbol va hokkey bilan shug‘ullangan va uzoq vaqt davomida ulardan birini tanlash borasida qaror qabul qilgan kamsonli futbolchilardan biri bo‘lsa, ajab emas.
Futbolni tanlagach, barchasi tezlashib ketadi. 16-yoshida kattalar futbolida debyut qilgan qahramonimiz 18 yoshida terma jamoasi safida gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Hujumchining kelajagi porloq ekanligiga birinchilardan bo‘lib ishongan “Ayaks” skautlari uni Amsterdamga olib kelishadi. Eng qizig‘i shundaki, “Ayaks” Litmanen transferi uchun kulguli summa sarflaydi va o‘z tarixidagi eng omadli transferlardan biriga qo‘l uradi.
Avvaliga Lui Van Gallning o‘yin uslubiga moslasha olmagan hujumchi keying mavsumda Gollandiya to‘purariga aylanadi. E’tiborlisi shundaki, Litmanen kiritgan gollarning aksariyati nozik did bilan urilgan bo‘lib, Ibrahimovichga qadar akrobatik uslubdagi gollarni aynan qahramonimiz urfga olib kirdi. 1995-yilda qahramonimiz “Ayaks” bilan YECHLda g‘olib chiqishni uddalagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajam emas. O‘sha Musobaqa davomida Litmanen 6 bor gol kiritishni uddalagan bo‘lsa, keying mavsumda bu ko‘rsagich 9 taga yetadi. Afsuski, ikkinchi finalda “Yuventus” penaltilar seriyasida omadliroq ishtirok etgani bois musobaqa g‘olibiga aylangan edi.
O‘zining 28 yoshida chinakam yulduz darajasiga ko‘tarilgan hujumchi Van Gal ortidan “Barselona” safiga kelib qo‘shiladi va o‘z hayotidagi eng katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Afsuski, Katoloniya klubi safida bir yarim mavsum davomida atigi 4 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi jarohatlar bilan o‘ralashib qoladi va ichki muhitga moslashib keta olmadi...
Kariyerani qayta ishga tushirish maqsadida “Liverpul” safiga kelib qo‘shilgan hujumchi o‘zini butkul boshqa olamga tushib qolgandek his etgan bo‘lsa, ajab emas. Yari APLning shiddatli futboliga moslashguniga qadar futbol o‘zgarib borar, yangi avlod murabbiylari o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun yosh futbolchilardan foydalanishni avzal ko‘ra boshlaydi. Finlandiyalik hujumchi “Liverpul” safida “UEFA kubogi” va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, o‘zi istagan o‘yinni namoyish eta olmadi.
Ingilizlar bilan tuzilgan shartnoma o‘z yakuniga yetgach, “Ayaks” uni ortga qaytardi. Litmanen o‘z sport formasini tiklab olgan bo‘lsada, “Ayaks”ning yangi avlodi bilan raqobatda yengilayotganini tushinib yetdi va 2004-yilda o‘z xohishi bilan shartnomani bekor qilib o‘z yurtiga qaytib ketdi.
Finlandiyada uni qahramonlardek kutib olishdi. Yari barchasini Lahti shahri jamaosda boshlagan edi. Eng qizig‘i shundaki, mavsum yakunlangach, butsalarini mixga ilishni istamadi va Shvesiyaning “Malmo” jamoasiga o‘tib ketdi. Faqatgina 2011-yilga kelibgina o‘z faoliyatiga nuqta qo‘ygan hujumchi uchun Finlandiyada bir nechta haykallar o‘rnatildi. Ayni damda qahramonimiz turli hil futbol kanallarida ekspert vazifasini bajarmoqda.