Italiya chempionatining 17-turi doirasida «Inter» o‘z uyida «Jenoa»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, «neradzurri» posboni Samir Xandanovich 100-o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Sloveniyalik darvozabon 2012 yilda "Inter"ga o‘tganidan buyon A seriyaning hech bir darvozaboni bunchalik ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazmagan.
Xandanovich ushbu mavsumda Italiya chempionati doirasida 17ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 7tasida gol o‘tkazib yubormadi. «Inter» 42 ochko bilan Italiya chempionatida 1-o‘rinni egallab turibdi.