Fransiyaning «Monako» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Leonard Jardim bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda deya xabar tarqatdi RMC Sport.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Monako” o‘z maydonida “Lill” klubini 5:1 hisobida mag‘lub etganiga qaramasdan, rahbariyat Jardimni bo‘shatish niyatida.
Rahbariyat Jardimning birinchi davrada qayd etgan natijalaridan qoniqish hosil qilmadi.













