Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Montella xayrlashuv xatini yozib qoldirdi

Montella xayrlashuv xatini yozib qoldirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

“Roma” jamoasidan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng, “Fiorentina” klubi bosh murabbiyi Vinchenso Montella iste’foga chiqarilgandi. Italiyalik mutaxassis “Fiorentina” klubiga xayrlashuv xatini yozib qoldirdi.

"Men juda ko‘p narsalarni aytishni xohlagandim, lekin men oldinga qarashni yaxshi ko‘raman. Florensiya bundan ko‘prog‘iga loyiq. Shahar, muxlislar mening yuragimning tubidan joy oladi. Xatoga yo‘l qo‘yganimni tan olaman. Men, yordamchilarim va futbolchilar xato qildik. Biroq, nafaqat biz... Men tayyor va iqtidorli yoshlardan iborat jamoam bo‘lishini xohlagandim.Biroq, "bizning" yoshlarga va tajribali o‘yinchilarga e’tibor qaratish ko‘rsatmasi bo‘lgan edi.SHu boisdan klub rahbariyati mening oldimga hech qanday vazifa qo‘ymagandi. Shubhasiz, bu mavsum "Fiorentina" uchun o‘tish davri bo‘ldi. Bunday mavsumda go‘zal lahzalar va qiyin vaziyatlar bo‘ladi. Bularni hamjihatlikda hal qilsa bo‘lardi. Yanvar oyida jamoani kuchaytirishni va raqobatdosh jamoaga aylantirishni kutgandim. Mavsum yarmida jamoani tark etganimdan afsuslanmayman desam yolg‘on gapirgan bo‘laman. Ikkinchi davrada “Fiorentina” yaxshi o‘yin namoyish etadi, men bunga shubha qilmayman. Barcha yordamchilarimga va futbolchilarimga rahmat aytaman. Biroz g‘azabdanaman, lekin menga ishonganlarga va "Fiorentina" klubini boshqarishimga imkoniyat yaratib berganlarga minnatdorchilik bildiraman. Mendan keyin keladigan murabbiyga omad tilab qolaman. Klub prezidenti va barcha rahbariyat a’zolarining kelajakdagi ishlariga omad tilayman. Ular ajoyib insonlar, ular "Fiorentina"ni yaxshi ko‘rishadi. Barcha natijalar uchun javobgar bo‘lganim haqiqat. Men chaqmoq tayoqchasiga aylangandim. Mayli. Mening yelkalarim keng. Bu vaziyatni to‘g‘rilay olishimga shubham yo‘q. Oldinlari ham menda qiyin vaziyatlar bo‘lgan va bularning barchasini yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lganman. Rahmat, "Fiorentina". Men har doim sening yoningdaman", - Montellaning xayrlashuv xati o‘z saytiga joylamoqda “Fiorentina" klubi rasmiy sayti.

Kiritildi: 17:19, 22.12.2019.
O'qildi: 3300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.