Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Futbolchilar va ularning «do‘stlari»

Futbolchilar va ularning «do‘stlari»

Baho:
+ | -

Bugungi kunga kelib uy hayvonlarini parvarish qilish odatiy xolga aylnib qolgani hech kimga sir emas. Futbolchilar ham shular jumlasidandir. Bugun futbol olamidagi mashxur futbolchilarning uiy hayvonlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Pol Pogba

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbaning ijtimoiy tarmoqlari negativ izohlar bilan to‘lib bormoqda. Gap shundaki, futbolchi ochiqchasiga “Real Madrid”da to‘p surish niyatida ekanligini ma’lum qildi va klubda qolishni istamayapti. Shu sababli, har kuni yuzga muxlislar Pogbaga tahdidli xabarlarni yuborishdan to‘xtamayapti.

Barchasidan charchagan Pogba yaqindagina qo‘riqlash uchun mahsus o‘rgatilgan rotveyller zotidagi itni naqd 19 ming yevro evaziga harid qilishga qaror qildi. Bugungi kunda futbolchi aylanishga chiqqanda, yoki do‘konga yo‘l olsa, albatta o‘z “himoyachisisiz” uydan chiqmaydi.

Markus Reshford

Qanchalar g‘alati tuyulmasin, Pogba singari Reshfordda ham mahsus o‘rgatilgan qo‘riqlovchi it mavjud. Pogbadan farqli o‘laroq, Reshford o‘z uy hayvoni bilan sayr qilishni xush ko‘rmaydi.

Lionel Messi

Yer yuzidagi eng mashxur itlardan biri sanaladigan xalk 2016-yilda Messiga turmush o‘rtog‘I tomonidan sovg‘a qilingan. Ayni damda uy hayvoning kattaligi deyarli Leoning o‘zi bilan barobar. Futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida “xalk” bilan tushgan oilaviy suratlarini namoyish etish orqali, itni butun dunyoga mashxur qilib yubordi. Aynan xalkning Leoning uyida paydo bo‘lishi, ushbu zotdagi itlarga bo‘lgan talabning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

 

Krishtiyanu Ronaldu

Messidan farqli ravishda, Krish bir yo‘la 3 ta itni o‘z qarmog‘iga olgan. Lablador zotidagi itlar futbolchiga Irina Sheyk tomonidan sovg‘a qilingan bo‘lib, ayni damda futbolchining oilasi bilan turinda istiqomat qilishayotgani e’tiborga molik. Internetda Ronaldu o‘z uy hayvonlarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradi.

Bundan tashqari, uning uyida dunyodagi eng hunuk mushuk unvonini qo‘lga kiritgan sfinks zotiga mansub ikki xil rangdagi mushuk ham mavjud. Ushbu uy hayvonini Jorina va Krishtiyanu Londonda 3 ming yevro evaziga harid qilishgan So‘nggi paytlarda, futbolchining oilaviy suratlarida ushbu hayvonni ko‘p uchratayotgan bo‘lsangiz, ajab emas.

Isko

Eng qizig‘I shundaki, ispaniyalik futbolchining ikkita iti mavjud va ularga futbolchilarning ismi qo‘yilgan. Itlarning kichikrog‘i Luish Figu nomini olgan bo‘lsa, kattasiga Messi deb laqab qo‘yishgan.

Isko Madrid jamoasiga o‘tgach, Messi laqabini Ronalduga o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, biroq uy hayvoni bunga qarshilik qiladi. Oqibatda, Isko barchasini o‘z o‘rnida qoldirishdan boshqa chora topa olmaydi.

Marselo

Itlarga mehr berish borasida “Real Madrid”ning boshqa bir futbolchisi Marseloga yetadigani bo‘lmasa kerak. Qahramonimizning uyida naqd 6 ta kuchuk istiqomat qiladi. Braziliyalik futbolchi o‘z itlarini ijtioiy tarmoqlar orqali tez-tez namoyish etib turishni xush ko‘radi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Marselo itlarni o‘z uyida saqlash uchun oyiga 15 ming yevro atrofida harakat qilishiga to‘g‘ri kelar ekan. Mana buni chinakam do‘slik desa bo‘ladi!

Dani Alves

Eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchi Dani alves esa, hamyurtidan farqli o‘laroq mushuklarni yoqtiradi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaridan ham buni bilib olish qiyin emas.

Futbolchi yer yuzidagi eng qimmat zotdagi mushuklarni o‘z uyida jamlagan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:21, 23.12.2019.
O'qildi: 4343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.