Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Transfermarket dunyoning eng qimmat 5 ta jamoasi nomini e’lon qildi

Transfermarket dunyoning eng qimmat 5 ta jamoasi nomini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Taniqli Transfermarket nashri yaqindagina o‘z fubolchilarning transfer narxini yangiladi. Bu jamoalarning umumiy qiymatida ham o‘z aksini topishi turgan gap. Bugun ushbu nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 5 ta jamoasi nomini bilib olamiz.

5-o‘rin PSJ

Parij jamoasi o‘z safini yangidan yangi yulduzlar bilan to‘ldirayotganiga qaramay, o‘z tan narxini tobora yo‘qotib bormoqda. Transfermarket nashri klubning umumiy qiymatining 50 million yevroga arzonlaganini ma’lum qilishiga qaramay, parijliklar 5-o‘rindan tushib ketishmadi. Ayni damda jamoaning umumiy qiymati 1,01 milliard yevroni tashkil etmoqda. Jamoaning umumiy qiymati pasayishida Neymar va Kavanining tutgan o‘rni “beqiyos”. Braziliyalik futbolchining faoliyati davomida ilk bor transfer narxining pasayishi kuzatildi. Yana 20 million yevroga! Kavani esa, qisqa fursat ichida 15 million yevroga arzonlab ketdi.

4-o‘rin “Real Madrid”

“Qirollik klubi” bir necha yil davomida Ispaniyaning eng qimmat jamoasi maqomini hech kimga bermay kelayotgan edi, biroq transfermarket narxlarni yangilagach, “Barselona”ni o‘zlaridan oldinga o‘tkazib yuborishdi. Ayni damda “qaymoqranglilar”ning umumiy qiymati 1,07 milliyardga teng. Yangi belgilangan narxlar sababli klub 110 million yevro yo‘qotdi. “Real Madrid” futbolchilarining deyarli barchasi arzonlab ketdi. Ramos va Benzema Yoshi o‘tgani bois pastroq ko‘rsatgich qayd etgani tabiiy, biroq Vinisiusning ham tavon puli 20 millionga (Avvalroq 70 million edi.) pastlagani e’tiborga molik. Shuningdek, jamoaning eng qimmat futbolchisi Eden Azar ham “arzonlab ketdi”. Madriddagi ilk yarim yili davomida yarim himoyachi 30 million yevro yo‘qotdi. “Chelsi” klubida bunday xolat biror marotaba ham kuzatilmagan edi.

3-o‘rin “Barselona”

Katoloniya jamoasi umumiy hisobda 80 million yevro yo‘qotgan bo‘lsada, Ispaniyaning eng qimmat jamoasi maqomini (umumiy qiymati 1,09 milliyard yevro) salqab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy tarkibdagi futbolchilardan Antuan Grizman, Pike, Suares, Vidal, Rakitich va xatto Messi ham biroz arzonlashga majbur bo‘ldi. O‘zining 6-“oltin to‘p”ini qo‘lga kiritgan hujumchi 3 haftadan so‘ng naqd 10 million yevro yo‘qotgani e’tiborga molik. Shunday bo‘lsada, argentinalik futbolchining ishlari Usman Dembelenikidan ancha yaxshiroq. Yil boshida 100 milliondan ortiqroqqa baxolangan hujumchining ayni damda transfer qiymati 75 million yevroga teng.

2-o‘rin “Liverpul”

 

YECHL g‘olibligidan so‘ng, klub 110 million yevroga qimmatladi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endilikda ushbu jamoada eng qimmat himoyachi va eng qimmat qanot himoyachilari to‘p surmoqda. Hujumchilar orasida Sadio Mane va Roberto Firminoning transfer narxi ko‘tarilgan. Hujum uchligining so‘nggi vakili Muhammad Salah esa, qariyb bir yarim yildan beri o‘z qiymatidan arzonlaganicha yo‘q. Shuningdek, Fabinyo, Alisson va Matipda ham biroz o‘sish kuzatilgan. Hozirda APL peshqadamining umumiy qiymati 1,18 milliyard yevroni tashkil etadi.

1-o‘rin “Manchester Siti”

“Shaharliklar” o‘tgan mavsumda bu ko‘rsatgich borasida yetakchilikni hech kimga berishmagan edi. So‘nggi yangilanish amalga oshirilgach, klub yana 40 million yevroga qimmatladi va sayyoramizning eng badavlat jamoasi maqomini o‘zida ushlab qoldi. Eng qizig‘i shundaki, klub safida atigi ikkita futbolchining transfer qiymati ko‘tarildi. Ulardan biri - Kevin De Bryoyne Belgiyaning eng qimmat futbolchisi maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi Keyndan eng qimmat ingliz futbolchisi unvonini tortib olgan Rahim Sterling.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:09, 26.12.2019.
O'qildi: 5371 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.