Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizga oid eng so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

“Inter” va “Barselona” kelisha olmayapti

Milanning “Inter” jamoasi Katoloniyaning “Barselona”klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal borasida o‘zining so‘nggi taklifini yubordi.

Italiyaliklar yarim himoyachi uchun 12 million yevrodan ko‘p bermasliklarini rasman tasdiqlashgan. Bu taklifga javoban “Barsa” Vidal uchun 20 million tavon puli talab qilmoqda. “Calciomercato” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, vaziyat shu tempda davom etsa, Vidalning Italiyaga qaytishi barbod bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Artori Vidal ushbu mavsumda “La Liga”ning 14 ta o‘yinidan ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozib qo‘ydi.

“Bayer” “Arsenal”ga rad javobini berdi

 

Germaniyaning “Bayer” klubi o‘z hujumchisi Kevin Follandni sotishdan bosh tortmoqda.

“Sky Sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra. Futbolchi uchun APLning bir nechta top klublari xaridor bo‘lib turibdi. Ular orasidagi “Arsenal” esa, allaqachon rasmiy taklif bilan chiqishga ham ulgurgan. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, leverkuzenliklar “Arsenal”ning 40 million yevrolik takliflarini qabul qilishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kevin Folland ushbu mavsumda Bundesliganing 17 ta uchrashuvida maydonda harakat qildi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek 7 ta golli uzamani ham amalga oshirgan.

“Milan”ni milliarder xarid qilishi mumkin

Amerikalik mashxur ishbilarmon Bernar Arno Italiyaning “Milan” jamoasining yangi xo‘jayini bo‘lishi mumkin. Bu haqida FootMercato nashri xabar tarqatmoqda.

“Milan” jamoasining ayni damdagi egasi Elliot Management kompaniyasi klubni 1,2 milliyard yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Arno esa, ushbu narxni 950 million yevroga qadar tushurishni rejalashtirmoqda. Agarda, tomonlar kelishuvga erishsa, tez orada “Milan” yana oyoqqa turishi hech gap emas.

 

Draksler ortga qaytmoqchi

Parijning PSJ klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler qishki transferlar chog‘ida o‘z jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin turindi.

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining o‘zi klubdagi o‘rnidan norozi. O‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgani bois, o‘zini ijaraga berishlarini so‘ragan. Hozircha, PSJ rahbarlari uning kelajagi borasida bir qarorga kelganicha yo‘q.

Ayni damda Drakslerning hizmatlariga Bundesliganing bir nechta klublaridan taliflar mavjud. Ular orasida futbolchining sobiq klubi «Shalke» va «Volfsburg» ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Yulian ushbu mavsumda parijliklar libosida 6 ta uchrashuvda ishtirok etgan va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

 

Zidan va Mourinyo futbolchi almashadi


“Madridning “Real” jamoasi kelasi hafta so‘ngida o‘z yarim himoyachisini “Tottenhem”futbolchisi bilan almashtiradi”-deb xabar tarqatmoqda "Dailiy Mirror” nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘z pleymeykerlari Isko va Eriksonni almashtirishni rejalashtirishmoqda. Isko ayni damda asosiy tarkibdagi o‘rnini tiklayotgan bo‘lsada, ketishga qarshi emas, Erikson “Real Madrid”ga o‘tish uchun har qanday maosh evaziga ham to‘p surishga tayyor. Shunday ekan, tez orada qishki transferlar bozoridagi ilk katta “savdo”ga guvoh bo‘lishimiz tobora aniqlashib bormoqda. Jiru Shomurodov to‘p surayotgan chempionatga yo‘l olishi mumkin

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Oliviye Jiru qishki transferlar chog‘ida Moskvaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida bir nechta Fransiya nashrlari xabar tarqatmoqda. Ayni damda o‘yin amaliyotidan butkul mahrum bo‘lgan forvordga “Atletiko Madrid” va “Inter” klublaridan ham takliflar mavjud. Hujumchi uchun kurashga endilikda Rossiyaning “Lokomotiv” jamoasi ham qo‘shildi. “Temiryo‘lchilar” boshqa da’vogarlardan farqli o‘laroq, grand klublar taklif etayotgan summadan 2 barobar kattaroq maosh ko‘rsatilgan ikki yarim yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan tashqari, klub futbolchining o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi ham va’da berishni rejashtirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:12, 27.12.2019.
O'qildi: 7907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.