Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

APL. «Bo‘rilar» ham «Liverpul»ni to‘xtata olmadi

APL. «Bo‘rilar» ham «Liverpul»ni to‘xtata olmadi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 20-turi doirasida «Liverpul» o‘z maydonida «Vulverxempton»ni qabul qilib, oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mersisaydliklar uchrashuvni ancha fol boshlashdi. Birinchi bo‘limda Saloh va Mane yaqin masofalardan darvozaga aniq zarba bera olishmadi.

Taym so‘ngida esa VAR tomonidan ko‘rib chiqilgan ikkita vaziyat ro‘y berdi. Van Deyk maydon markazidan havolatib raqib jarima maydoni tomon uzatma berdi. Lallana esa yelkasi bilan Mane tomon uzatma berdi. Sadio yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p haqiqatan ham Adamning qo‘li emas, yelkasiga tekkanini va uzatma berilayotganda Mane ofsaydda emasligini VAR aniqladi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "bo‘rilar" hisobni tenglashtiruvchi golni urishdi. Ammo "Vulverxempton" futbolchisi qandaydir millimetr ofsaydda bo‘lgani tufayli gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati, hujumlar soni bo‘yicha ustunlik Klopp shogirdlari tomonida bo‘ldi. Ammo bir to‘p farqi qaltis hisob ekanini mersisaydliklar yaxshi his qilib turishdi. "Bo‘rilar"ning zarbalari xavfli bo‘ldi, ammo ularga aniqlik yetishmadi.

O‘yinning borishi va hisobga olinmagan golni inobatga olganda, "Vulverxempton" bugun durangga loyiq edi. Ammo "Liverpul" muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, o‘z ochkolarini 55taga yetkazib oldi.

Angliya premyer-ligasi, 20-tur
Liverpul – Vulverxempton 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 42 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum (Milner, 86), Lallana (Keyta, 67), Mane, Saloh, Firmino (Origi, 86).
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Bennett, Kilmen, Ruben Vinagre, Dendonker (Traore, 58), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Saiss, 58), Koudi, Diogu Jota (Ximenes, 72).
Ogohlantirish: Lallana (45).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:23, 29.12.2019.
O'qildi: 4392 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.