Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Yuventus” o‘z darvozabonidan qutulmoqchi
Turnning “Yuventus” jamoasi qishki transferlar chog‘ida o‘z darvozaboni Mattia Perindan qutilishni istamoqda. “Le gazzetta della sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, klub Perinni futbolchining sobiq jamoasi “Jenoa”ga ijaraga bermoqchi. “Yuventus” murabbiylari darvozabonni klub uchun umuman keraksiz deb topdi. Darhaqiqat, italiyalik darvozabon ushbu mavsum davomida biror marotaba ham maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.
“Yuventus” jamoasining nafaqat Perindan, balki jamoadagi boshqa kipperlardan ham ko‘ngli to‘lmayapti. Manba bergan ma’lumotga suyanadigan bo‘lsak, klub yozda mashxur darvozabonlardan birini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Osemxen APLda ko‘rnish berishi mumkin
The Exspress nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Fransiyaning “Lill” jamoasi hujumchisi Viktor Osemxan bir nechta APL klublarning shortlistidan joy olgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, nigeriyalik hujumchi bilan shaxsan Yurgen Klopp qiziqib qolgan. “Liverpul” rahbariyati transfer borasida ilk taklifni jo‘natgan bo‘lsada, rad javobini oldi. “Lill” o‘z hujumchisini mavsum o‘rtasida sotishdan bosh tortgani bois, transfer kelasi yil yozda amalga oshish mumkin.
“Liverpul”dan tashqari, hujumchi uchun “Portu”, “Aston Villa”, “Manchester Siti” va “Tottenhem” klublari ham kurash olib borishi kutilmoqda.
Inyesta MLSda o‘ynamoqchi emas
Ayni damda Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida to‘p surayotgan Ispaniya futbolining tirik afsonasiga bir yo‘la MLSning 3 ta grand jamoasidan takliflar kelib tushmoqda.
«Los-Andjeles Gelaksi», «Monreal Impakt» va «Inter Mayami» klublari Andresga bir necha bor rasman taklif bilan chiqqaniga qaramay, futbolchi Yaponiya klubidagi shartnomasini to‘liq o‘tabgina boshqa klubga o‘tishi mumkinligini bildirgan.
Bundan tashqari, yarim himoyachi Argentinaning «Estudiantes» jamoasining ham nishonida turgan edi. “Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, futbolchining agenti Argentina klubiga ham rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Inyesta va klub tuzgan shartnoma yana ikki yildan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.
Jengiz Under Mourinyoga kerak
Rimning “Roma” klubi hujumchisi Jengiz Under o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida “Le Gazzetta Della Sport” nashri xabar tarqatmoqda. Unga ko‘ra, futbolchining hizmatlari bilan Londonning “Tottenhem” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Agarda, “Roma” 22 yoshlik hujumchini sotishni istasa, transfer qishda amalga oshishi mumkin.
Turkiyalik futbolchining o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois jamoadan ketishga qarshi emas. “Tottenhem” Underning transfer summasini pasaytirish uchun Erik Lamelani qo‘shib berishga ham tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Under uchun Milanning “Milan” jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda.
Roxo ketmoqchi
““Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Markos Roxo qishki transfer oynasi ochilishi bilan o‘z jamoasini o‘zgartirishni istamoqda”-deb xabar bermoqda “La Nazione” nashri.
Argentinalik himoyachi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi ekanligni yashirib o‘tirmayapti. Shunga qaramay, ayni damda futbolchini qishki transferlar cho‘gida sotib olishni hech kim istamayapti. Ayni damda himoyachining transfermarket portali bergan ma’lumotiga ko‘ra tavon puli 10 million yevroni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Markos Roxo 3 ta to‘liq bo‘lmagan o‘yinda ishtorik etdi va gol kiritganicha yo‘q