Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Inyesta, Vilya hamda Podolski “Tokio Olimpiya stadioni”da g‘alaba qozongan ilk yulduzlar bo‘lishdi

Inyesta, Vilya hamda Podolski “Tokio Olimpiya stadioni”da g‘alaba qozongan ilk yulduzlar bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Yana bir necha oydan so‘ng bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi “Tokio Olimpiya stadioni” o‘zida dastlabki rasmiy sport musobaqasini qabul qildi. Ma’lum qilganimizdek, unda futbol bo‘yicha Yaponiya Imperator kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi o‘yinga “Vissel Kobe” hamda “Kashima Antlers” jamoalari yetib keldi. Murosasiz kechgan bahsda “Vissel Kobe” 2:0 hisobida ustun keldi. Yana bir ahamiyatli jihati, mazkur jamoa Adreas Inyesta, Lukas Podolski, David Vilya va Tomas Vermalen kabi taniqli futbol yulduzlarini o‘zida jamlagan. “Vissel Kobe” shu tariqa o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 68 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun maxsus qurilgan ushbu arena qurilishiga 1.4 milliard AQSH dollari sarflangan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:32, 02.01.2020.
O'qildi: 3766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик