Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Samba Gold 2019» «Liverpul» a’zosiga nasib etdi

«Samba Gold 2019» «Liverpul» a’zosiga nasib etdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekken "Samba Gold 2019" sovrini egasiga aylandi.

Xabaringiz bor, ushbu sovrin Yevropada o‘ynayotgan yilning eng yaxshi braziliyalik futbolchisiga topshiriladi. G‘olib nomi jurnalistlar, futbolchilar va internet foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma orqali aniqlanadi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida 27 yoshli posbon 35,54% ovoz to‘pladi.

Ikkinchi pog‘onani «Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino (23,48%) egallagan bo‘lsa, «PSJ» himoyachisi Tiago Silva (10,46%) kuchli uchlikka kirdi.

To‘rtinchi o‘rin «Liverpul»ning yana bir a’zosi – Fabinyo (8,03%)ga nasib etdi. Neymar esa 7,57% ovoz bilan 5-o‘rinni egalladi.

«Samba Gold 2019» 2008 yildan beri topshirilib kelinadi. Uning ilk sohibi «Milan» klubi sobiq futbolchisi Kaka bo‘lgandi. Neymar va Tiago Silva 3 martadan nominasiyada g‘olib chiqishgan. Shuningdek, Luis Fabiano, Filippe Koutinyo, Maykon va Firmino bir martadan Braziliyaning Yevropadagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lishgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:05, 03.01.2020.
O'qildi: 3792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик