Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Mbappe haqida siz bilmagan 5 ta fakt

Mbappe haqida siz bilmagan 5 ta fakt

Baho:
+1 | -

O‘zining 21 yoshida dunyoning eng qimmat futbolchilar qatoridan muqim o‘rin egalagan Mbappega bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Bugun Killian haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib o‘tamiz.

“Chelsi” uni qo‘ldan chiqargan

Ayni damda Fransiya chempionatida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan hujumchining faoliyati APLda boshlashi mumkin edi. Yosh futbolchining o‘yinlarini tomosha qilgan “Chelsi” klubi skautlaridan birni Killianning onasi bilan uchrashadi va uni Londonga chorlaydi. “Chelsi” akademiyasi mutaxassislari ko‘z oldida mashg‘ulot o‘tagan futbolchi barchani o‘ziga qarata oladi, biroq negadir tomonlar Mbappeni qayta ko‘rikdan o‘tishini iltimos qilishadi, biroq Fayza Amarining bundan jaxli chiqib ketadi va “Chelsi” akademiyasi murabbiylariga : “Mening o‘glim bilan shartnoma tuzsangiz tuzing. Aks xolda, 5 yildan so‘ng uni 50 million yevro evaziga xarid qilishga majbur bo‘lasiz deb turib oladi. Kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan ayolning so‘zlari klub murabbiylariga manzur kelmaydi va Killan yana uya qaytib ketadi. Ochig‘i, uning onasi aytgan so‘zlarning barchasi to‘g‘ri bo‘lib chiqqaniga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Ayni damda Mbappeni qo‘lga kiritishni istagan klub bir emas, 3 ta 50 million yevrodan voz kechishi talab etiladi.

 

“Klearfonten” akademiyasi

 

Nafaqat Fransiya balki butun Yevropada nom qozongan akademiyalardan biri hisoblanuvchi “Klearfonten” mana necha yillardan beri ko‘plab yosh futbolchilarning orzusi bo‘lib kelmoqda. Har yili ushbu akademiyaga 23 mingga yaqin bola imtoxon topshiradi. Ulardan bir necha yuztasigina o‘qishga qabul qilinadi xolos. Mbappega aa shunday omad nasib etgan bo‘lib, uning hozirgi sport formasiga yetishishida akademiyaning tutgan o‘rni beqiyos. Akadimaga qabul qilishning bir nechta shartlari mavjud bo‘lgani bois, Mbappenining dadasi uni bir necha yuz kilometrlik masofani bosib o‘tib imtihonlarga olib borishdan charchamaydi. Juda ham qattiq qo‘l rejimda faoliyat olib boruvchi “Klearfonten”ni o‘z vaqtida Tiyeri Anri, Klod Makalele, Gallas, Anelka singari ko‘plab mashxur futbolchilarni yetjazib bergan. Bundan tashqari, akademiyadagi yosh futbolchilarni kuzatish uchun Yevropaning turli klublaridan skautlar tinimsiz tashrif buyurishadi. Kattaligi bo‘yicha dunyoning kuchli 10 ta akademiyasidan biri hisoblanuvchi “Klearfonten” hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Zidan undan bosh tortgan

 

“Klearfonten”dagi so‘nggi oylarini o‘tkazayotgan Mbappeni ota-onasi Madrid shaxriga dam olgani olib ketishadi. Futbolchining otasi Vilfred o‘z o‘glini “Real Madrid” akademiyasi sari olib boradi. Eng qizig‘i shundaki, Mbappening yoshidagi futbolchilarga Zayniddin Zidan murabbiylik qilayotgan edi. Futbolchini ko‘rikdan o‘tkazishdan bosh tortgan Zizu unga shunchaki maydonda o‘zini sinab ko‘rish imkonini yaratib beradi. Qandaydir bir necha daqiqialar ichida bir himoyachilarni aldab o‘tgan Mbappega e’tibor bermagan murabbiy Killianning ota-onasiga iliq so‘zlar aytgancha ular bilan xayrlashadi. O‘sha voqea haqida Mbappe o‘zining intervyularidan birida shunday degan edi: "Onam Madriddan uyga qadar seni kelajakda millionlar evaziga ham xarid qila olishmaydi deb borgan edilar”,- deb xotirlaydi. Eng qizig‘I shundaki, ayni damda “qirollik klubi”ning asosiy transfer maqsad aynan Killian bo‘lib turibdi.

Maoshini qayerga sarf etadi?!

Boshqa yulduzlardan farqli o‘laroq, Killianning barcha muoliyaviy ishlari bilan uning dadasi Vilfred shug‘ullanib kelmoqda. Futbolchi o‘z harajatlari uchun ham doimmo dadasidan pul so‘rashga majbur bo‘ladi. Qanchalar g‘alati tuyulmasin, Killianning o‘zi bunday hayot tarzidan mamnun ekanligini ko‘p bor ta’kidlaydi. Darhaqiqat, futbolchining otasi shu yo‘sinda o‘g‘lining iqtidori erta hazon bo‘lmasligini ta’minlamoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Shu o‘rinda Mbappening dadasining ishbilarmonligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Qahramonimiz Mbappe “Monako”da to‘p surib yurgan chog‘laridayoq klublar bilan aloqaga chiqishni boshlagan. “Monako” va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma tugashi arafasida esa, o‘g‘lining maoshini 16 barobar ko‘tarib berishlarini talab qiladi. “Monako” Vilfredning so‘zlariga ko‘nishdan boshqa chora topa olmay qoladi. Ko‘p o‘tmay dunyoning eng badavlat klublaridan biriga o‘tib ketgan hujumchining dadasi hali-hamon undagi muoliyaviy cheklovlarni olib tashlamagani e’tiborga molik.

Sportchilar oilasi

 

Killiandagi fantastik cjismoniy imkoniyatlar bejiz emas. Qahramonimiz chinakam sportchilar oilasida tavvalud topgan. Uning onasi Jazoir qo‘l to‘pi terma jamoasining sardori bo‘lgan bo‘lsa, otasi uzoq yillar davomida “Bondi” bolalar futbol jamoasida murabbiylik qilgan. Futbolchining ukasi Ettan Mbappe ham shu kunlarda Parijning PSJ jamoasi akademiyasida tahsil olib kelmoqda. Eng qizig‘i shundaki, futbolchi golni nishonlash uslubini aynan ukasidan “og‘irlagan” ekan.

“Biz u bilan “Play station” tez-tez o‘ynab turamiz. U gol kiritsa, doimmo shunday nishonlar edi. PSJga o‘tgach, men ham ukam singari gol nishonlashni boshladim. Bu uchun undan minaddorman”,-degan edi futbolchi o‘zining “AS” nashriga bergan intervyusida.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:21, 04.01.2020.
O'qildi: 10217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.