Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklarini birinchilardan bo‘lib yetkazib berishda davom etamiz.
“Everton” transfer oynasini portlatmoqchi
Liverpul shaxrining ikkinchi jamoasi qishki transferlar chog‘ida katta xaridlarni amalga oshirmoqchi”,-deb xabar bermoqda Tuttosport nashri. Unga jamoa rahbarlari Karlo Anchelottiga jamoani shakillantirish uchun katta mablag‘ ajralitadigan bo‘ldi va jamoa ushbu pullarga bir yo‘la uchta top futbolchi sotib olishi kutilmoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu futbolchilarning nomi aniq bo‘lib ulgurgan. InsiniYE, Rabio va Hames Rodrigeslarning transferini amalga oshishi uchun klub allqachon muzokarlaarni boshlab yuborgan. Rahbariyat futbolchilar “Everton”ning turnir jadvalidagi o‘rniga qaramay, Anchelotti bilan yana bir bor ishlab ko‘rish maqsadida tumanli albionga kelishiga umid qilmoqda.
“Siti”ga “Chelsi” futbolchisi kerak
Taniqli “Mirror” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra “shaxarliklar” “Chelsi” vingeri Hudson Odoi bilan jiddiy qizib qolgan. Gvardiola Saneni tez orada “bavariya”ga o‘tishi aniqlashib borayotganini tushib yetgach, uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchini tezroq harid qilish niyatida. Ayni damda Hudson Odoi “shaxarliklar” uchun ajoyib alternativ variyanti sifatida hizmat qilishi mumkin.
Angliya terma jamosi a’zosining transfer qiymati u qadar katta bo‘lmasa ham, uning iqtidorli ekanligi “Manchester Siti”ga qimmatga tushishi mumkin. Shunday bo‘lsada, jamoa qishki transferlar chog‘idayoq Hudsonni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Londonliklar o‘z futbolchisini ushlab qolishga harakat qilishlariga qaramay, bu foyda bermasligi mumkin. Gap shundaki, “Siti” yarim himoyachi uchun to‘liq amaliyotini taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hudson Odoi aynan o‘yin amaliyoti yetishmayotgani bois boshqa qo‘yib yuborishlarini bir necha bor talab qilgan edi.
Kulibali APL jamoalari nigohida
Italiyaning “Napoli” klubi himoyachisi Kalidu Kulibali bir yo‘la ikki APL jamoasining transfer nishoniga aylandi. Ayni damda futbolchiga Londonning “Chelsi” va “Tottenhem” klublari da’vogar bo‘lib turibdi. Italiya klubi hali-hamon o‘z futbolchisini yuz million yevrodan kamiga sotmoqchi emasliginima’lum qilgan bo‘lsada, da’vogarlar o‘z fikridan qaytmoqchi emas.
“Chelsi” himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, “Tottenhem” o‘z futbolchilaridan birini Kulibalining transferiga qo‘shish orqali summmani kichraytirishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan “Napoli” o‘z himoyachisining taqdirini tez orada hal etadi. Gap shundaki, futbolch klub bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va klub uni sotib yubormasa, tekinga qo‘yib yuborishdan boshqa chora topa olmay qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, himoyachiga shuningdek PSJ, “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” jamoalari ham og‘iz solishgan edi.
“Manchester Siti” o‘z yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi 34 yoshlik universal futbolchi Fernandino bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi”,- deb xabar tarqatmoqda “Mirror” nashri. Unga ko‘ra, klubdan futbolchi bilan yana bir yillik shartnoma tuzishlarini shaxsan Gvardiolaning o‘zi iltimos qilgan. Braziliyalik futbolchining o‘z qishki transfer oynasi chog‘ida o‘zi uchun yangi jamoani belgilab olishni rejalashtirgan edi.
Hozircha yangi shartnomaning shartlari ma’lum qilingani yo‘q, biroq Fernandinoning maoshi biroz kamayishi aniq. Shunday bo‘lsada, futbolchining agenti o‘z mijozining klub tomonidan yuqori baholanganini va tez orada shartnoma uzaytirishilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Fernandino 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ushbu o‘yinlarining deyarli barchasida markaziy himoyachi pozitsiyasida harakat qildi.
“Atletiko” “Milan” futbolchisini xarid qilmoqchi
Madridning “Atletiko” jamoasi “Milan” klubi yarim himoyachisi SamuelKastilyexoni Ispaniyaga qaytarmoqchi. Bundan bir yarim yil ilgari Ispaniyaning «Vilyarreala», jamoasida porlagan futbolchi Italiyada o‘zini ko‘rsata olmadi. 24 yoshli futbolchining o‘zi ham Milanni tark etishga qarshi emas. Ayni damda futbolchining agenti va “matraschilar” o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
“Atletiko” Samuyelni jamoani tez orada tark etishi kutilayotgan Tomi Lemarning o‘rinbosari sifatida ko‘zlamoqda. Shuningdek futbolchiga boshqa jamolar ham da’vogarlik qilishmoqda. Ular orasida Ispaniyaning bir yo‘la 3 ta jamaosi majud. “Atletiko Madrid” futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Granada”, “Xetafe” va «Vilyarreala», jamoalari bilan kurash olib borishiga to‘gri keladi.