Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Ronaldu o‘rnatishga yaqin turgan 5 ta super rekord

Ronaldu o‘rnatishga yaqin turgan 5 ta super rekord

Baho:
+ | -

Qanchalar g‘alati eshitilmasin, Ronaldu va Messi o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘z yakuniga yetgani yo‘q. 10 yildan ortiq vaqt mobaynida qahramonlarimiz kim o‘zarga to‘p surib aql bovar qilmas rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi. “Oltin to‘p”lar borasida Messi oldinda ketayotgan bo‘lishiga qaramay, Ronalduning jahon arenalarida o‘rnatgan ayrim rekordlarini takrorlash hali-etib bo‘lmas cho‘qqiga chiqish degandek bir gap. Boz ustiga Krishning sport formasi ko‘ngildagidek. Shunday ekan yangi rekordlarni o‘rnatishni davom ettirsa bo‘ladi. Sezganingizdek bugun Ronaldu tomonidan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan fantasticrekordlar haqida so‘z boradi.

YECHLda g‘olib chiqish bo‘yicha yangi rekord

Ayni damda Portugaliya terma jamoasi sardorida 5 ta “shalpangquloq” mavjud ekanligidan xabaringiz bor. Qahramonimiz o‘zining so‘nggi YECHL sovrinini 2018-yilda Madridning “Real” jamoasi bilan qo‘lga kiritgan edi. Agarda, Ronaldu ushbu mavsumda “Yuventus” bilan musobaqada g‘olib chiqishni uddalay olsa, undagi Chempionlar Ligasining oltin medallar soni 6 taga yetadi va u afsonaviy Pako Xentoga yetib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. “Real Madrid”ning afsonaviy futbolchisi “qirollik klubi” safida 1956-1966 yillar oraliga 6 bor YECHL bosh sovrinini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Hozircha bu mutloq rekord hisoblanadi. Krishtiyanu Turin super klubining orzusini amalga oshira olsa, uning futbol olamida tutgan o‘rni o‘z-o‘zidan yanada ko‘tarilgan bo‘lar edi.

Yevropa chempionatlarining mutloq to‘purari

Bugungi kunga kelib qahramonimiz bir yo‘la 4 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan yagona futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, musobaqa tarixida 9 ta gol kiritgan ikkita futbolchidan biri hamdir. Amaldagi chempionning hisobida 9 ta gol mavjud bo‘lib, u futbol tarixidagi eng ulkan rekordlardan birni Mishel Platini bilan bo‘lishib turibdi. Hademay start olishi kutilayotgan musobaqa uni bu borada mutloq rekordchiga aylantishi mumkin. Afsuski, Portugaliya qit’a chempionatidagi eng kuchli “o‘lim gurhi”dan joy egallagan. Shunday bo‘lsada, Ronaldu musobaqa davomida bir dona gol kiritishini tahmin qilish qiyin emas.

YECHLdagi Xet-triklar soni bo‘yicha peshqadam

Qizig‘I shundaki, YECHL musobaqalaridagi xet-triklar borasida Messi va Ronaldu o‘rtasida tenglik kuzatilmoqda. Ikkita futbol afsonasining hisobida 8 tadan xet-trik mavjud. Messidan farqli o‘laroq Ronalduda bu rekordni o‘ziniki qilib olish imkoniyat biroz kamroq. Fevral oyida 35 yoshni qarshi oladigan hujumchi bu ko‘rsatgich borasida Messini quvib o‘tishi talab etiladi. Bahorda boshlanadigan YECHL play-off o‘yinlari buning uchun eng qulay palla desak, adashmagan bo‘lamiz.

 

APL, “A Seriya” va “La Liga” to‘purari

Futbol olamida hali bunday rekordni hech kim o‘rganicha yo‘q. Qahramonimiz “Manchester Yunayted” safida 2007/08-yilgi mavsumda 31 ta gol bilan “oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ispaniyada uch bor bunday sharafga loyiq ko‘rilgan. Endi navbat Italiyaga yetib keldi. Bu borada Ronalduning o‘tgan mavsumda ishlari biroz yurishmadi. Yangi jamoaga uzoq moslashgan Krish to‘purarlar poygasini 4-pog‘onadagina yakunladi xolos. Bu mavsumda ham uning hisobida 10 ta gol bilan 4-o‘rinda bormoqda. Afsuski, Chiro Imobili bu borada qolgan raqiblaridan shiddat bilan ilgarilab ketmoqda. Bugungi kunga kelib uning hisobida 17 ta gol mavjud. Shunday bo‘lsada, futbol olamida birinchi bo‘lish uchun kurashib ko‘rish talab etiladi.

Terma jamoalar miqiyosidagi eng yaxshi to‘purar

Bu boradagi mutloq rekord Eron terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Ali Dayeiga tegishli ekanligidan xabaringiz bor. Fors futboli yetakchisi o‘z faoliyati davomida Eron terma jamoasi libosida 108 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Bu natija bundan bir necha yillar ilgari yetib bo‘lmas rekorddek tuyular edi, biroq endilikda vaziyat ancha yumshadi. Ronaldu o‘tgan mavsumda terma jamoasi uchun 14 ta gol kiritishni uddaladi gollari sonini 99 taga yetkazib oldi. Endi bor yo‘g‘i 10 ta aniq zarba kerak xolos. Ochig‘iRonalduning sport formasini inobatga olsak, bu rekod baribir Ronaldu tomonidan tortib olinadigan ko‘rinadi. Shunday ekan, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:13, 05.01.2020.
O'qildi: 15653 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.