Italiyalik afsonaviy darvozabon Valter Dzenga A Seriya g‘olibligi uchun borayotgan kurash haqida fikr bildirdi.
"Yuventus" - favorit, biroq Konte – haqiqiy yirtqich. Hali "Inter" Vidal bilan shartnoma imzolasa... "Napoli"? Gattuzoni yoqtiraman, lekin u kurash uchun hali tayyor emas. Unga Lobotki yetishmayapti", - Dzenganing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere dello Sport.