Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Benzema: «PSJ» — haqiqiy jamoa, «Real»da...»

Benzema: «PSJ» — haqiqiy jamoa, «Real»da...»

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Al-Hilol» sharafini himoya qilayotgan Karim Benzema Fransiyaning «PSJ» klubi haqida yuqori fikrlar bildirdi.

«Qachonki murabbiy 60 yoki 70-daqiqada o‘zgarishlarni amalga oshirsa, maydonga tushgan yigitlar o‘yinni boshlaganlardan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishmoqda. Vaholanki, ular zaxira o‘yinchilari hisoblanadi. Tasavvur qilyapsizmi?

Hamma nima qilishi kerakligini, jamoaga qanday hissa qo‘shishi lozimligini biladi. Asosiy tarkib o‘yinchisi ham, zaxiradan tushadigan futbolchi ham o‘z vazifasini aniq tushunadi. Shu bilan birga, zaxiradagilar arazlab o‘tirishmaydi.

«Real»da esa hammasi murakkabroq, chunki ular jamoa bo‘lib o‘ynashmaydi. «PSJ» — yulduzlar jamoasi emas, faqatgina «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele bundan mustasno. Lekin buni unuting: ular pressing qilishadi, himoyalanishadi, hujumga o‘tishadi va tinimsiz yugurishadi.

Luis Enrike — «PSJ»dagi eng mashhur shaxs. Ammo bu haqiqiy jamoa. Hujumga istagan futbolchingni qo‘yishing mumkin — ularning barchasi hamjihatlikda ishlaydi. Zaxiradagilar ham xuddi asosiy tarkibdek qattiq mehnat qilishadi. Ularning kuchi ham mana shunda», — dedi Karim Benzema.

Kiritildi: 13:42, 24.04.2026.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик