Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Lyubinko Drulovich: «Har bir raqib bilan tengma-teng o‘ynashga shaymiz»

Lyubinko Drulovich: «Har bir raqib bilan tengma-teng o‘ynashga shaymiz»

Baho:
+ | -

Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start olishiga 1 kundan ko‘proq vaqt qoldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk o‘yinini 9 yanvar sanasida Eronga qarshi o‘tkazadi. Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur uchrashuvga hozirlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Bugun ham olimpiyachilarimiz tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotga OFK media bo‘limi xodimlari, Xitoy televideniyesi vakillari, shuningdek mahalliy Tailand nashrlari vakillari tashrif buyurishdi.

Mashg‘ulot avvalida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich OAV vakillariga qisqa intervyu berdi:

– Jamoamiz musobaqaga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Tarkibda iqtidorli yigitlar jamlangan. Oldinda bizni juda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Zero, Eron ham, Xitoy va Janubiy Koreya ham qit’ada o‘z o‘rniga ega kuchli jamoalar. Lekin ularni hurmat qilgan holda aytamanki, biz har bir raqib bilan tengma-teng o‘ynashga shaymiz. Avvalgi musobaqada O‘zbekiston g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, shu boisdan muxlislar bizdan bu gal ham muvaffaqiyatli ishtirok kutishadi. Biz o‘zbekistonlik futbol muxlislariga Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz", – deya ta’kidladi tajribali mutaxassis.

Mashg‘ulot jarayoni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yigitlarning barchasi mashg‘ulotlarda qattiq ishtiyoq bilan mexnat qilishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:37, 06.01.2020.
O'qildi: 5285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик