Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo yanvar oyida jamoasini almashtirish haidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi
— Mening kelajagim «Yuventus» bilan bog‘langan. Men qolaman va bu to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Turinda muammo yo‘q. Jamoa tarafidan va bosh murabbiydan menga nisbatan ishonch borligini his qilyapman, —Rabyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola.