Rimning «Roma» klubi rasmiy sayti jamoa himoyachisi Aleksandr Kolarov bilan shartnoma uzaytirilganligi haqida rasmiy bayonot tarqatdi. Yangi shartnoma 2021 yilning yozigacha tuzildi.
— Yangi shartnoma uchun klubdan minnatdorman. Bu men uchun yoqimli bo‘ldi. Bu men uchun hatto yangi bosqich. Men jamoaning yanada o‘sishi uchun bor kuchim va mehnatimni ishga solishga tayyorman, - dedi Kolarov.