Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -1

 

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Duglas Kosta “Yuventus”ni tark etadimi?

“Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Duglas Kostaning keljagi savol ostida turibdi. “Zebralar” braziliyalik futbolchini jamoada olib qolishdan cho‘chimoqda”-deb xabar tarqatmoqda “Calciomercato” nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub Duglasning jarohatlarga o‘ralashib qolganidan xavotirga tushmoqda. Darhaqiqat, ushbu mavsumning katta qismini jarohati bois o‘tkazib yuborayotgan yarim himoyachi halihamon klubga yordam bera olmayapti.

Turin super klubi o‘z futbolchisini kelasi mavsumgacha kuzatishga qaror qildi. Agar undagi jarohatlar soni kamaymasa, klub uning hizmatlaridan voz kechishga tayyor. Ayni damda Kostaning hizmatlariga Londonning “Chelsi” va Donestkning “Shaxtyor” qiziqish bildirgan.

 

“Yuventus” Janning narxini e’lon qildi

“Yuve” o‘z yarim himoyachisi Emre Janning transfer narxini e’lon qildi. Bu haqida klubning rasmiy sayti xabar bermoqda. Unga ko‘ra, jamoa germaniyalik futbolchi bilan 35 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Futbolchi uchun “Tottenhem”, “Bavariya”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” singari jamoalar kurashga kirgan bo‘lsada, yarim himoyachining o‘zi Germaniyaga qaytishni istamoqda. Shunga qaramay, klub qishda germaniyalik futbolchining o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchini topa olmasa, Emreni qishda sotmoqchi emas.

“Manchester Yunayted” “Napoli” futbolchisi bilan qiziqb qoldi

Neapolning  “Napoli” klubi futbolchisi Fabian Ruiz uchun kurash olib borayotgan jamoalar soni yana bittaga ortdi. “Qizil iblislar” skautlari futbolchini stadionda turib kuzatishga ham ulgurgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ingiliz klubi ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Transfermarket portal futbolchini 60 million yevroga baholamoqda. “Napoli” ham o‘z futbolchisini bundan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Fabianning o‘zi ispaniyaga qaytishni ko‘proq istayogan bo‘lsada, uni xarid qilishni istagan “Barselona” va “Real Madrd” “Napoli”ga 60 million yevro to‘lashni istamayapti.

Jeremi Boga oldida 3 ta variyant mavjud

Italiyaning kamtatin “Sassuola” klubi futbolchisi Jerimi Boga qishki transferlar chog‘ida o‘z jamoasini almashtiradigan bo‘ldi. Bu haqida taniqli “Goal.com” nashri xabar bermoqda.

Futbolchining keying jamoasi bo‘lish kutilayotgan 3 ta klubdan birini transfer oynasi yopilguniga qadar uni xarid qilishi kutilmoqda. Bu jamoalardan biri “Inter” bo‘lsa, qolganlari APLning “Brayton” va “Everton” jamoalaridir. Hozircha, tanlov qaysi jamoa foydasiga hal bo‘lishi noma’lumligicha qolmoqda. Jeremi asli “Chelsi” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblansada, London klubi safida atigi bitta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan xolos.
Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida futbolchini “Napoli” xarid qilishni istaganidan xabaringiz bo‘lsa, ajab emas. Neapol jamoasining 25 million yevrolik taklifiga rad javobini bergan “Sassuolo” yangi ijrochilarni xarid qilish uchun Bogani sotishga qaror qildi.

Lemar APLga yo‘l olishi mumkin

Amaldagi jahon chempioni Tomi Lemar o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Ayni damda uning hizmatlari bilan Londonning “Tottenhem” klubi jiddiy qiziqib qolgan. The Independent "The Independent" nashri bergan xabaralrga ko‘ra, futbolchi uchun “shporlar” taklif tayyorlashmoqda. Unga ko‘ra, London jamoasi Lemarni 6 million evaziga sotib olish sharti bilan ijarga olishni mo‘ljallashmoqda. Agarda, Lemar APLda o‘zini ko‘rsata olsa, mavsum so‘nggida “Tottenhem” uning shartnomasini 60 million yevro evazig sotib oladi.

Lemarning o‘zi tezroq jamoasini almashtirishni istamoqda. Gap shundaki, “Atletiko Madrid”da fransiyalik futbolchi yetarlicha o‘yin amaliyotisiz qolayotganidan norozi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchini avvalroq “Arsenal”, “Napoli” va “Borussiya Dortmund” jamoalaridan biriga o‘tishi tahmin qilinayotgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:36, 07.01.2020.
O'qildi: 13026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик