Londoning «Arsenal» klubi sardori Pyer-Emerik Obameyang jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.
«Mening atrofimda OAV orqali tarqalayotgan ba’zi mish-mishlarga javob bermoqchi edim, ammo, bunda ma’no ko‘rmadim.
Insonlar tarix yaratishni yaxshi ko‘rishadi, lekin ular maydonda nimalar ro‘y berayotganini ko‘rishsa bo‘lardi. Ular juda ko‘p gapirishmoqda va bu gaplarning mening boshimga o‘rnab qolmoqda! Men «Arsenal» sadoriman. Men bu klubni sevaman. Men “Arsenal”ga sodiqman va men jamoani yuqori o‘rinlarga chiqishi uchun harakat qilaman».