Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Lyubinko Drulovich: “Biz musobaqaga tayyormiz”

Lyubinko Drulovich: “Biz musobaqaga tayyormiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun Tailandda futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati start oladi. Musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa ertaga Eronga qarshi bahs bilan chempionatdagi ishtirokini boshlaydi. Bugun musobaqadan avval matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich va guruhdagi boshqa jamoalar murabbiylari ishtirok etishdi.

Lyubinko Drulovich (O‘zbekiston): “S” guruhi juda ham qiyin kvartet bo‘ldi. To‘rtala jamoada ham imkoniyat bir xil. Biz ham uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko‘rdik. Oldinda bizni Eronga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o‘yinga hozir bor e’tiborimiz qaratilgan. Ushbu bahsdan so‘ng qolgan o‘yinlar haqida o‘ylaymiz.

– Avvalo, O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. Tayyorgarlik doirasida mahalliy iqlim va oziq-ovqatiga moslashishda muammo bo‘lmadimi? Shuningdek, tarkibda Oston Urunov yo‘qligiga qanday izoh ayta olasiz?

– Savol va omad tilaganingiz uchun rahmat. Har bir o‘yin oson o‘tadi deya olmayman. Birinchi bor Tailanddamiz. Sharoitdan noliydigan joyimiz yo‘q. Bizga barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Ayni paytda tanlagan futbolchilarim Olimpiya yoshidagi eng kuchlilaridir. Hozir tarkibda yo‘q o‘yinchilar haqida gapirish biroz noo‘rin deb o‘ylayman. Biz musobaqaga tayyormiz. Nasib qilsa, har bir o‘yinda chiroyli va yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Xak-Bum Kim (Korea): Musobaqa davomida juda ham qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Barcha jamoalar o‘ziga yarasha kuchli jihatga ega. Har bir bahs o‘ziga yarasha qiyin o‘tadi. Biz ham eng sara futbolchilarimizni tanlab keldik va barcha o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz.

Vei Xao (Xitoy): Jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Tashkilotchilar barcha sharoitlarni yaratib bergan. Biz musobaqa davomida barcha bor kuchimizni ishga solamiz.

Hamid Estili (Eron): Mezbonlarga va tashkiliy qo‘mitaga rahmat aytib qolmoqchiman . Guruhdagi qolgan 3 jamoaga o‘z hurmatimni bildirib qolaman. Guruhimizda kuchli jamoalar jam bo‘lgan. FIFA taqvimi yig‘in va o‘rtoqlik uchrashuvlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishimizga biroz halal berdi. Shunday bo‘lsa ham biz musobaqada yaxshi natija ko‘rsatishga umid qilamiz. O‘zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Ular bilan 2 bor o‘rtoqlik uchrashini o‘tkazdik. O‘yinchilarim musobaqaga tayyorgarlik jarayonida qattiq mehnat qilishdi. Doim birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Shu bois ertanggi O‘zbekistonga qarshi o‘yin ham oson kechmaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:51, 08.01.2020.
O'qildi: 4150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик