Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gvardiola: «O‘tgan yilgi darajada o‘ynayapmiz, faqat APLdagi xatolar tufayli ochko yo‘qotyapmiz»

Gvardiola: «O‘tgan yilgi darajada o‘ynayapmiz, faqat APLdagi xatolar tufayli ochko yo‘qotyapmiz»

Baho:
+ | -

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Manchester derbisida “shaharliklar” yirik hisobda g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor. Bugun Pep Gvardiola klub rasmiy sayti uchun kichik intervyu berib o‘tdi.

— Derbida shunday osonlik bilan g‘alabani qo‘lga kiritganigizdan hayron qoldingizmi?

— Meni eshiting, bu futbol va unda barcha narsa amalga oshishi mumkin. O‘yin davomida barcha narsa bo‘lishi mumkin. “Old Trafford”ga tashrif buyurayotganingizda birinchi bo‘limning o‘zida 4 ta yoki 5 ta gol kiritishni o‘ylashning iloji yo‘q.

— Jamoangiz birinchi bo‘limda mutloq hokimlik qildi va 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa, o‘yinni tashlab yubordinglar. Buning sababi nima?

— Darhaqiqat, birinchi bo‘limda biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limga kelib esa, raqiblarimiz o‘yinga o‘zgarishlar kiritishdi va bizga ko‘proq muammo tug‘dirishni boshlashdi. Bizning yarim himoyamiz Grinvudni ushlashga majbur bo‘ldi va biz pressing qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldik. Sababi, qanotlarda Jeyms va Reshfordni yopib tashlashga majbur bo‘ldik. Shu yo‘sinda ular bizdan ustunlikni tortib olishga muvaffaq bo‘lishdi va o‘yinning borishini o‘z qo‘llariga olishdi. Ularni tushunsa bo‘ldi. Bu yigitlar o‘zlari sharaf deb biluvchi klub nomusini himoya qilishdi. Boz ustiga, muxlislari ko‘z oldida. Ikkinchi bo‘limda ko‘rganlarimdan to‘g‘ri xulosa chiqaraman va ikkinchi o‘yinda bundan foyda chiqara olishni niyat qilyapman. Shunday bo‘lsada, bugungi tablodagi hisobni ajoyib natija deb hisoblayman. Men “Manchester Yunayted”ni juda hurmat qilaman. Men bir necha bor bu jamoaga qarshi to‘qnash kelganman. Nafaqat “Siti” bilan, balki “Barselona” va “Bavariya” bilan ham ularga qarshi maydonga tushganman. “Barselona” bilan birgalikda ularga qarshi YECHL uchrashuvlarni yaxshi xotirlayman. Shu o‘rinda tan olish lozim, ushbu jamoa APL va Yevropa futbolining o‘sishida tutgan o‘rni beqiyos. Bu yerda g‘alaba qozonish juda yoqimli. Shunga qaramay, bu uchrashuv bizga 3 ochkoni taqdim etgani yo‘q va ishni yakuniga yetkazmadik. Bu shunchaki, birinchi o‘yin xolos. Ular o‘tgan yili PSJ bilan nimalar qilishganini yaxshi eslasangiz kerak. Bugungi o‘yinning ikkinchi bo‘limidan xulosa qilsak, javob o‘yinida bizga havf yo‘q, deyishga hali erta. Shunday bo‘lsada, ikkinchi uchrashuv o‘z uyimizda bo‘lishi yoqimli. Ular bizni xuddi raqiblarimizning muxlislari singari qo‘llab-quvvatlab turishadi. Bu bizga finalga yo‘l olishga imkon beradi.

— Pep, jamoa o‘zining sport formasini tiklab oldimi?

— Yo‘q, jamoa biroz toliqib qoldi. Bizning taqvimdan chiqib fikr bildirsam, yigitlar charchab qolishdi. Bu mavsum davomida o‘tkazgan o‘yinlarimizni inobatga olsak, bu tabiiy xol. Ko‘pchilik mening so‘zlarimga ishonmasligi mumkin, biroq biz o‘tgan mavsumdagi darajada futbol o‘ynayapmiz. Biz yomon o‘yin ko‘rsatmayapmiz. Albatta, xatolar mavjud. Bu qaysidir ma’noda APLga tegishli. Biz kerak bo‘lmagan vaziyatlarda ochko yo‘qotyapmiz. Shunday bo‘lsada, yigitlar ko‘rsatayotgan futboldan ko‘nglim to‘lmoqda. Bu davlatda futbolchilar uchun taqvim shunchaki “daxshat”!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:18, 08.01.2020.
O'qildi: 3794 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.