«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani qishda Parijni tark etmaydi. Bu haqda Daily Mirror xabar tarqatdi.
32 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilayotgan edi. Mankunianliklar urugvaylik futbolchi borasida "Pari Sen-Jermen"ga taklif yubordi, ammo parijliklar rad javobini berishdi. «PSJ» rahbariyati mavsum o‘rtasida Kavanini sotmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Kavani borasida «Atletiko»ning taklifiga ham rad javobini bergandi. Urugvaylik futbolchi ushbu mavsumda Fransiya chempionati doirasida 8ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.