Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ispaniya superkubogi. «Real» finalga chiqdi

Ispaniya superkubogi. «Real» finalga chiqdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Valensiya» va «Real» klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Bahsning 16-daqiqasida Toni Kroos "ko‘rshapalaklar" darvozasi tomon belgilangan burchak zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozani ishg‘ol qildi. Posbon o‘z darvozasini tark etib, himoyachilarga ko‘rsatma berayotganini ko‘rgan germaniyalik posbon darvoza tomon darhol aylanma zarba berdi. "Valensiya" posboni Jaume Domenek to‘pga tashlanishga urindi, ammo kech qoldi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 6 daqiqa qolganida madridliklar farqni ikkitaga oshirishdi. Karvaxal jarima maydoniga kirayotgan Valverdega uzatma berdi. Federiko esa jarima maydoni markazidagi Modrichni to‘p bilan ta’minladi. Lukaning zarbasi himoyachiga tegib qaytgan bo‘lsa, Iskoning zarbasini hech kim qaytara olmadi — na himoyachi, na darvozabon.

Oradan ikki daqiqa o‘tib Isko jamoasining uchinchi golini urishi mumkin edi. Ammo burchakdan yetkazilgan uzatmaga futbolchi bosh bilan berganidan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Luka Modrich raqib jarima maydoni ichida himoyachining ta’qibi ostida bo‘lishiga qaramay, oyog‘ining tashqi tomoni bilan zarba berib, darvoza burchagini zabt etdi.

O‘yin taqdiri amalda hal bo‘lganidan keyin madridliklar o‘z o‘yinlarini biroz susaytirishdi. "Valensiya" esa bundan foydalanib, raqib darvozasi tomon bosimni oshirdi. Ularga so‘nggi zarbasi berish jihati yetishmadi. Faqatgina qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam videotakrorni tomosha qilgach, "Real" darvozasi tomon penalti belgiladi. Parexo kuchli zarba bilan bitta javob to‘pini raqib darvozasiga joyladi.

Shu tariqa, 12 yanvar kuni bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi: yo "el-klasiko", yoki Madrid derbisi.

Ispaniya superkubogi, yarim final
Valensiya – Real Madrid 1:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 15 Kroos, 0:2 – 39 Isko, 0:3 – 65 Modrich, 1:3 – 90+2, penalti Parexo.
Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (Cherishev, 70).
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).
Ogohlantirish: Kazemiro (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:50, 09.01.2020.
O'qildi: 7854 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик