Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Superkubok chempionga ham, Kubok egasiga ham nasib etmaydi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Superkubok chempionga ham, Kubok egasiga ham nasib etmaydi»

Baho:
+ | -

Ha, klasiko bo‘lmaydi, hamma tarqalsin! Madrid jamoalari finalda o‘ynaydi!

"Atletiko" "Barselona"ni YECHL musobaqasida ikki marta turnirdan chiqarib yuborgan va hamma bu safar o‘sha voqea sodir bo‘lmaydi, degandi. Sababi, bu bitta o‘yindan iborat bosqich.

Yo‘q, Simeone ikki bo‘limni ikki o‘yin qilib olarkan va tanaffusdan so‘ng jamoasini javob o‘yiniga tayyorlagandek tushirarkan.

Aslida "Barsa" yetmish besh daqiqa ustun o‘ynagandi. Hisobni Koke ochganiga qaramay, Messi tenglashtirgan, sal o‘tib sobiq atletikochi Grizmann hisobni Kataloniya tomoniga olib o‘tgandi. Keyin yana ikki gol, VAR bekor qilgan gollar. Birida Messining qo‘li, ikkinchisida Vidalning yelkasi noto‘g‘ri harakatda edi.

2:1 bilan o‘yin tugaydigandek ediyu, argentinalik mutaxassis Vitoloni o‘yinga tushirdi. Ispaniyalik yarim himoyachi hammasini o‘zgartirib yubordi. U penalti ishlab Morataga gol ulashdi. So‘ng Alvaroning o‘zi Korreani posbon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Hisob "Atletiko" tomoniga og‘ganda, o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolgandi — 3:2.

Valverde "Roma" va "Liverpul"dan so‘ng "Atletiko"dan ham qaqshatqich zarba qabul qilyaptiki, yaqin orada uning iste’fosini-da eshitib qolsak ajabmas.

12 yanvar kuni 23:00da Jiddadagi finalda Ispaniya chempionligini ham, kubogini ham yengmagan ikki Madrid klubi superkubok taqdirini hal qiladi. Mana shunaqa, kutilmagan format xirmonda paydo bo‘lgan finalchilarning bayramiga sabab bo‘lmoqda.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:09, 10.01.2020.
O'qildi: 8694 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик