Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

«Lokomotiv»ning dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi «Glazgo Reynjers» haqida nimalarni bilamiz?

«Lokomotiv»ning dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi «Glazgo Reynjers» haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
3 yanvardan BAA poyxati Abu Dabida qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan "Lokomotiv" ertaga, 11 yanvar kuni yangi yil hisobidan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

"Temiryo‘lchilar"ning ilk raqibi Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers" bo‘ladi. "Glazgo Reynjers" ayni paytda Dubayda mashg‘ulot o‘tkazyapti va mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ertangi bahs Dubaydagi "Sevens" stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti 16:00)da boshlanadi. Xo‘sh, "temiryo‘lchilar"ning ushbu raqibi haqida nima deyish mumkin?

- "Glazgo Reynjers" 1872 yil tashkil topgan bo‘lib, Shotlandiyaning eng ko‘p sovrin yutgan jamoasi hisoblanadi. Bu jamoa o‘z tarixida 54 marta chempionlikni nishonlagan, shuningdek 33 bor Kubokni qo‘lga kiritgan. "Reynjers" uy uchrashuvlarini Glazgodagi 50,817 muxlisga mo‘ljallangan "Aybroks" stadionida o‘tkazadi.

- Bundan tashqari bu jamoa 1972 yil Kubok egalari Kubogida zafar quchgan, 2008 yil bo‘lib o‘tgan UYEFA Kubogi finalida o‘ynagan. "Glazgo Reynjers" o‘tgan mavsum ichki chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Chempionlik "Seltik"ka nasib etdi. 

- Bu mavsum jamoa hozircha turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda boryapti. Glazgoliklar 19 o‘yinda 50 ochko to‘plashdi, peshqadam "Seltik" hisobida esa 52 ochko bor. Qolaversa "Reynjers" ashaddiy raqibidan bitta kam o‘yin o‘tkazgan. 

- Jamoa bosh murabbiyi barchamizga yaxshi tanish Stiven Jerrard hisoblanadi. Angliyalik mashhur sobiq futbolchi 2018 yildan beri ushbu jamoani boshqarib kelyapti.

- 39 yoshli murabbiy futbolchilik paytida "Liverpul" sardori bo‘lish bilan birga qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Ayniqsa 2004/2005 yilgi mavsumda UYEFA Chempionlar ligasi finalida "Milan" mag‘lub etilishi Jerrard hayotida o‘chmas iz qoldirgan. 

- Murabbiylik faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan Jerrard Shotlandiyaning dekabrdagi "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi va tegishli sovrinni qabul qilib oldi. 

- "Glazgo Reynjers" safida bir nechta taniqli futbolchilar to‘p tepadi. Shular orasida eng mashhuri Jermeyn Defo. Bundan tashqari jamoada Jon Flanagan, Endi King, Skott Erfild, Stiven Devis kabi futbolchilar ham bor.

- Shotland klubining Dubaydagi yig‘ini olti kunga mo‘ljallangan. "Loko" bilan o‘yindan so‘ng jamoa yana Shotlandiyaga qaytib ketadi.

- "Lokomotiv" esa 14 yanvar kuni Xitoyning "Jiangsu Suning" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:58, 10.01.2020.
O'qildi: 3393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.