Turinning «Yuventus» klubi «Milan» va Italiya terma jamoasi posboni Djanluidji Donnarummaga jiddiy qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda Sport Mediaset.
«Yuventus» 20 yoshli darvozabonga yiliga 9 million yevrolik besh yillik shartnoma taklif qilish niyatida.
Xabarda aytilishicha, ushbu transfer amalga oshishi mumkin, sababi, “Yuve” rahbariyati bilan darvozbonning agenti Mino Rayolalarning munosabatlari a’lo darajada.













