Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Abduvohid Ne’matov: «Xitoyga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alaba bilan 3 ochko qo‘lga kiritishga va’da beramiz»

Abduvohid Ne’matov: «Xitoyga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alaba bilan 3 ochko qo‘lga kiritishga va’da beramiz»

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Tailandda futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur qit’a birinchiligining ikkinchi tur uchrashuviga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Eronga qarshi ortda qolgan o‘yin ko‘p jihatdan yigitlarimizni xushyorlikka chaqirgani tabiiy. E’tiboringizga jamoamizning eng yosh vakili (18 yosh) bo‘lishiga qaramasdan asosiy tarkib darvozaboni bo‘lishga ulgurgan Abduvohid Ne’matov bilan o‘tgan suhbatni havola qilamiz:

– Birinchi o‘yindan jamoaning ko‘ngli to‘ldimi?
– Dastlabki o‘yinni durang bilan boshladik. Sezib turibmiz, butun xalqimiz bizdan bu o‘yinda g‘alaba kutishgan edi. Ammo o‘yin ancha qiyin kechdi. Yopiq o‘tgan o‘yin sabab o‘zimizning 100 foizlik o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Endi ikkinchi o‘yinda bor kuchimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

– Xitoy bilan o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
– A’lo darajada. Hamma yigitlarning kayfiyati yaxshi. Har kuni videotasvirlar orqali raqibning ojiz va kuchli tomonlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Xitoyga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alaba bilan 3 ochko qo‘lga kiritishga va’da beramiz.

– Yigitlarda sharoitlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha kamchilik bo‘lmayaptimi?
– Aslo. Yaqin 1 hafta ichida bunaqa tomondan sira kamchilik ko‘rmadik. Bizni qo‘llab-quvvatlashga kelgan hamyurtlarimiz o‘zlari bilan bizga milliy ovqatlarimizni olib kelishgan. Qolaversa, har kuni o‘zbek taomlarini ham tayyorlab berishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanma berishi unga bo‘lgan e’tiborni yana bir karra oshirmoqda. Ertaga guruh bosqichi doirasida Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinimiz Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

“S” guruhidan joy olgan jamoamiz dastlabki tur eronlik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etgan. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni berishgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:06, 11.01.2020.
O'qildi: 3874 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик