Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Lyubinko Drulovich: «O‘zbek futboli tarixiga kirishimizga umid qilaman»

Lyubinko Drulovich: «O‘zbek futboli tarixiga kirishimizga umid qilaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiy veb-sayti uchun intervyu berdi. Mutaxassis suhbat davomida avvalgi faoliyati va unda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"2012 yilda Serbiya yoshlar (U19) terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan edik. Bu mamlakat futbol tarixidagi eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi. Bu oltin medal men va futbolchilar uchun muhim ahamiyatga ega edi. Bu natija bilan faxrlanaman. Keyinchalik ixtiyorimdagi yetti futbolchi mamlakat milliy terma jamoasi safiga kirdi. Shundan so‘ng milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandim, ammo bu jamoa boshqaruvida 4ta o‘yinda qatnashdim, xolos".

"Bir yil avval esa O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan shartnoma imzolab, ishni boshladim. Mart oyida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida guruhda 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. O‘ylashimcha, O‘zbekistonda iqtidorli futbolchi ko‘p. Nazarimda, ixtiyorimda yaxshi jamoa yig‘ilgan.

Safimizda ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan futbolchilar bor. Bu esa muhim ahamiyatga ega. Ular yana muvaffaqiyatga erishish uchun qachon va qayerda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi.

Osiyo chempionatida raqobat juda yuqori, raqiblar kuchli, kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ammo biz yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

O‘zbekistonlik futbolchilarning saviyasi yaxshi. Ular yosh bo‘lishiga qaramay, professional hisoblanishadi. Ularning mehnatidan qoniqish hosil qilyapman. Ishonchim komil, ularni yaxshi kelajak kutmoqda. Buning uchun ular 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida qit’a chempionatida o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak. Shunda Osiyoning grand klublari bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bizning asosiy maqsadimiz — olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bu oson bo‘lmaydi va bu yerga kelgan har bir jamoa shu maqsad bilan musobaqaga tashrif buyurgan. Ammo men o‘z jamoamga ishonaman. Guruhning qolgan ikkita o‘yinida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqishimiz kerak. Biz o‘zbek futboli tarixiga kiramiz, deb umid qilaman", — dedi Drulovich.

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 14:35, 12.01.2020.
O'qildi: 4780 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик