Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

AFC U23. Olimpiyachilarimiz Xitoyni mag‘lub etishdi

AFC U23. Olimpiyachilarimiz Xitoyni mag‘lub etishdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining 2-turiga kelib o‘z o‘yinini namoyish qilishga muvaffaq bo‘ldi. Barcha o‘yinchilarimiz o‘zlarining yaxshi jihatlarini namoyish qilishdi.

Yigitlarimiz bahsning 6-daqiqasidayoq Xitoy darvozasini ishg‘ol qilishgan edi, ammo VAR vaziyatni ko‘rib chiqib, golni bekor qildi. Bu vaziyatda G‘aniyev jarimadan kuchli zarba yo‘llaganidan so‘ng darvozabon to‘pni mushti bilan urib yubordi, ammo to‘p darvoza maydonidan uzoqqa ketmadi. To‘p uchun kurashda futbolchimiz raqib himoyachisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi, deb topildi.

Umuman olganda, o‘yin davomida to‘p nazorati va xavfli hujumlar bo‘yicha terma jamoamiz ustunlikka erishdik. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldik. Xitoyliklar o‘z jarima maydoni ichida Bozorovni chalib yiqitishdi. Belgilangan penaltini Islom Qobilov aniq amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa VAR bizga kutilmagan sovg‘ani taqdim etdi. E’tibordan chetda qolgan vaziyatda Xitoy darvozasiga penalti belgilandi. O‘sha vaziyatda to‘p himoyachining qo‘liga tekkan ekan. Ammo Islom Qobilovning bu galgi 11 metrdan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, o‘yinda ikkinchi golni urishga erishdik. Fut bolchimizning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib qaytdi, o‘sha vaziyatda ochilgan To‘xtasinov darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limga vaziyatda Mirjahon Mirahmadov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z ochkolarini 4taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

AFC U23. "S" guruhi, 2-tur
XITOY - O‘ZBEKISTON - 0:2 (0:1)
Gollar: Islom Qobilov (45+2-penalti), Nurullo To‘xtasinov (80)
Noaniq penalti: Islom Qobilov (66, darvozabon)
12 yanvar 2020 yil. Songxla. «Tinsulanon» stadioni. 18:15
Xitoy U-23: 12.CHen Vey, 03.Xuang Jengyu, 04.Vey Jen, 05.Ju ChenjiYE, 06.Xuang Kong (Jang Lingfeng 56), 07.Yang Liyu, 08.Duan Liu Yu (Tian Xin 59), 10.Xu Jing Xang, 11.CHen Binbin, 14.Jao Jing Fey, 15.Feng Boksuan
O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev (Doston Ibragimov 90+1), 10.Bobir Abdixoliqov (Mirjahon Mirahmadov 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (Nurillo To‘xtasinov 75)
Hakamlar: Abdulrahmon Al Jassim, Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Al Maqaleh, Hamis Al Kuvari (hammasi Qatar)
VAR hakamlari: Abdulla Al Marri (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali, Muhammad Abdulla Hasan Muhammad (ikkisi BAA)

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-t T - N O 
 9 Janubiy Koreya 2 2 0 0 3-1 6
10 O‘zbekiston 2 1 1 0 3-1 4
11 Eron 2 0 1 1 2-3 1
12 Xitoy 2 0 0 2 0-3 0

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:07, 12.01.2020.
O'qildi: 5182 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.