Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«O‘tkir tig‘li, uch nayzali O‘zbekistondan ehtiyot bo‘ling!»

«O‘tkir tig‘li, uch nayzali O‘zbekistondan ehtiyot bo‘ling!»

Baho:
+ | -

15-yanvar kuni bo‘ladigan O‘zbekiston U23 - Janubiy Koreya U23 o‘yini oldidan Koreys sport nashrlari turli xil maqolalar chop etishyapti. Ahamiyatlisi, koreyslar o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi sifatida O‘zbekiston U23 termasidan hayiqishayotganidir. “Choson Sport” nashri muxbiri Kim Yong Gining never.com saytidagi “Ajoyib tashkil etilgan, o‘tkir tig‘li, uch nayzali O‘zbekistondan ehtiyot bo‘ling!” nomli tahliliy maqolasi e’tiborimizni tortdi.

“O‘tkir tig‘li, uch nayzali - O‘zbekiston!”. Koreyalik jurnalist Bobir Abduxoliqov, Jasur Yaxshiboyev va Sanjar Qodirqulovni “o‘tkir tig‘li, uch nayza” deya ta’rifladi. Xususan, “tajovuzkorlar”dan ehtiyot bo‘ling, deyiladi maqolada.

“10-raqamdagi Abduxoliqov aniq pozisiya tanlaydi hamda o‘ng va chapni yaxshi ko‘ra oladi. 177 sm, 64 kg bo‘lgan ushbu futbolchi yaxshigina dribling va tezlikka ega. O‘zbekiston termasining dahshatli kuchi, o‘ngdagi Yaxshiboyevdir. U termaning qasri! Individual mahorati juda kuchli. Chapdagi, bo‘y-basti uncha baland bo‘lmagan Qodirqulov esa kutilmagan tezlik va driblingga ega. Ushbu uchlikning maydondagi posisiyasini o‘zgartira olsakkina, maqsadga erishamiz”.

Maqolada terma jamoa bosh murabbiyi Kim Xak Boumning fikrlari ham keltirilgan. U: “Birinchi yoki ikkinchi o‘rin unchalik muhim emas, lekin Siz qirol bo‘lsangiz, birinchi o‘rinda chiqishingiz kerak. Agar buni uddalasak, keyingi bosqichda “D” guruhidan ikkinchi o‘rinda chiqqan jamoa bilan o‘ynaymiz va kuchimizni tejaymiz. Buning uchun biz O‘zbekiston termasi bilan qat’iy va bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz”, dedi.

Shuningdek, jurnalist darvozabon Abduvohid Ne’matovning harakatlarini ham tahlil qilgan. “O‘zbekistonning Axillesi - bu darvozaboni. Abduvohid jamoaning eng yosh o‘yinchisi. U to‘pni yaxshi ushlab qoladi. Biroq, ayrim hollarda tajribasi yetarli emasligi ko‘rinib qolmoqda”.

Rahmiddin Shermatov
Janubiy Koreya, Tegu shahri.
2020 yil 14-yanvar.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:10, 14.01.2020.
O'qildi: 16936 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик