Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Liga kubogi Tojikiston va Qirg‘iziston klublari uchun ochiq

Liga kubogi Tojikiston va Qirg‘iziston klublari uchun ochiq

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

2019 yilda asos solingan Liga kubogi musobaqasi eshiklari Tojikiston va Qirg‘iziston klublari uchun ochiq. Bu boradagi xat O‘FA tomonidan har ikki mamlakat futbol federasiyalariga yuborildi. Musobaqaga tojik va qirg‘iz klublarining qo‘shilishi har taraflama foydali bo‘lishi mumkin.

  • Aytaylik, bizda bir necha yillardan buyon xalqaro o‘yinlardan chetda qolayotgan klublar bor. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro o‘yinlarga sekinlik bilan ko‘nikma hosil qilib boradi.
  • Qo‘shni respublika jamoalarining qo‘shilishi muxlislar sog‘ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Dushanbe jamoalarining Samarqand yoki Buxoro klublari bilan to‘qnashuvlari, Qirg‘iziston jamoalarining vodiy klublari bilan o‘yinlari katta qiziqishga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Jamoalardan biri qo‘shni mamlakatga safar etsa, ularni qo‘llash uchun yuzlab muxlislar ham safarga otlanishi katta ehtimol.
  • Homiylarning qiziqishi ortadi. Qur’a marosimlari va futbol uchrashuvlarini kamida ikki-uch mamlakat fuqarolari kuzatib borsa, o‘z xizmatlarini mana shu mamlakatlarga taklif qiladigan kompaniyalar turnirga qiziqish bildirishi mumkin.
  • Yildan-yilga translyasiyalar masalasida o‘sishga intilayotgan Sport-TV uchun ham yangi marralar yaqinlashadi. Biz hamkorlikda qo‘shni mamlakatlar televideniyelari hamda federasiyalari bilan aloqalarni yaxshilash bosqichiga o‘tamiz.
  • Liga kubogi har bir ishtirokchi mamlakat hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o‘yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda til muammosi deyarli ko‘zga tashlanmaydi.
  • Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Bu bilan biz o‘rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo‘lamiz, CAFA mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi.
Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 15:11, 14.01.2020.
O'qildi: 4692 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.